Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston Dushanbedagi O‘zbekiston elchixonasi binosining qurilish joyini o‘zgartirdi
Tojikiston hukumati Tojikistonning O‘zbekistondagi va O‘zbekistonning Tojikistondagi diplomatik vakolatxonalari binolarini qurish uchun yer uchastkalarini o‘zaro taqdim etish to‘g‘risida O‘zbekiston bilan imzolangan bitimga o‘zgartirish kiritish haqidagi bayonnoma loyihasini imzolash bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda “Asia-Plus” xabar qilmoqda.
Tojikiston Adliya vazirligining huquqiy axborot portalida e'lon qilingan bayonnoma loyihasida O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi uchun bino va inshootlarni qurishga binolar va tranzit kommunikatsiyalaridan xoli yer uchastkasi berilishi aytilgan.
Umumiy maydoni 1,2 gektarni tashkil etadigan yer uchastkasi Sino tumanidagi Nusratullo Maxsum shohko‘chasi bo‘ylab joylashgan.
Yer uchastkasi 49 yil davomida O‘zbekiston hukumati ixtiyorida bo‘ladi, ijara narxi - 1 dollar.
Avvalroq, ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida 2018 yil avgust oyida tuzilgan shartnomaga muvofiq, O‘zbekiston elchixonasi uchun Dushanbening Abu Ali ibn Sino shohko‘chasida yer uchastkasi taklif qilingan edi.
Shartnomaga binoan, Tojikistonning Toshkentdagi elchixonasini qurish uchun Tojikiston hukumati Zulfiyaxonim va Sebzor ko‘chalari kesishmasidan yer uchastkasini oladi. Tojikistonning Toshkentdagi elchixonasini joylashtirish rejalashtirilgan hudud Sebzor dahasida joylashgan.
Hozirda O‘zbekistonning Dushanbedagi elchixonasi Sanoiy ko‘chasida, Tojikistonning Toshkentdagi elchixonasi esa Abdulla Qahhor ko‘chasida joylashgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00
-
Vazir o‘rinbosari Toshkentning bosh rejasi o‘zgarishini rad etdi. Lekin aks bayonotlar va loyihalar ko‘p
Iqtisodiyot | 18:40
-
Toshkentda 670 mingdan ortiq xonadonga aqlli suv hisoblagichlar bepul o‘rnatiladi
Iqtisodiyot | 17:48
-
3,7 mln so‘mdan 16,2 mln so‘mgacha – O‘zbekistondagi o‘rtacha oyliklar e’lon qilindi
Iqtisodiyot | 17:37
Mavzuga oid

19:12 / 20.06.2025
O‘monda tutqunlikda saqlangan ayol va uning farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

21:18 / 18.06.2025
Isroil sayyohlarga mamlakatdan xavfsiz chiqib ketish imkonini yaratdi

22:38 / 17.06.2025
O‘zbekiston ukrainalik bolalarga o‘quv qurollari to‘plamini sovg‘a qildi

18:20 / 17.06.2025