Toşkent şahrida keyingi 5 yilda 670 mingdan ortiq iste’molçiga zamonaviy aqlli suv hisoblagiçlar “Toşkent şahar suv ta’minoti” AJ mablağlari hisobidan bepul örnatiladi. Bu işlar “Toşkent şahar suv ta’minoti” AJ va Fransiyaning “Suez” kompaniyasi bilan hamkorlikda olib borilayotgan xalqaro loyiha doirasida amalga oşirilmoqda, deya xabar bermoqda “Toşkent şahar suv ta’minoti” korxonasi.

Dastlabki sinov tariqasida Şayxontohur tumanida smart hisoblagiçlar örnatildi. Endilikda bosqiçma-bosqiç barça tumanlardagi xonadonlar ham zamonaviy hisoblagiçlar bilan ta’minlanadi. Hisoblagiçlar aholi uçun bepul örnatiladi.

“Loyiha doirasida jismoniy şaxslarga – ya’ni aholi xonadonlariga smart hisoblagiçlar örnatilişi közda tutilgan. Maqsad – içimlik suvni nazorat qiliş va monitoring tizimini raqamli texnologiyalar asosida takomillaştirişdan iborat.

Avval qöllangan eski turdagi hisoblagiçlar ta’minotçi korxona hamda iste’molçilar uçun noqulaylik tuğdirib kelayotgan edi. Jumladan, hisoblagiç körsatkiçlari öz vaqtida tizimga kiritilmasligi sababli tölovlarda turli tuşunmovçiliklar yuzaga kelayotgandi. Şuningdek, iste’molçilar suv sarfi böyiça batafsil ma’lumotlarga ega böla olişmasdi”, - deyiladi rasmiy xabarda.

Yangi hisoblagiçlar esa ikkala tomon – iste’molçi va ta’minotçi korxona uçun qulaylik yaratadi. Ular radiomodul orqali ma’lumotlarni masofadan uzatadi, suv iste’moli, quvurdagi bosim va uskunalar holati kabi körsatkiçlarni taşqi aralaşuvlarsiz va yuqori aniqlikda taqdim etadi.

Smart hisoblagiçga ega iste’molçilardan körsatkiçlarni billing tizimiga taqdim qiliş talab etilmaydi. Bundan taşqari, suv sarfi böyiça savollarni şaxsiy kabinet orqali onlayn kuzatiş, tölovlarni esa mobil ilovalar yordamida amalga oşiriş mumkin böladi.

Ta’minotçi korxona ma’lumotlarni masofadan yiğiş imkoniyatiga ega böladi. Bu esa nazarda tutilmagan suv yöqotişlarining oldini olişga xizmat qiladi. Uşbu imkoniyatlar suv taqsimotini samarali taşkil etişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yangi hisoblagiçlarga işlab çiqaruvçi tomonidan 5 yillik kafolat beriladi. Kafolat muddati davomida aniqlangan har qanday nuqson texnik xizmat körsatiş va ta’mirlaş şartlariga muvofiq bartaraf etiladi.

Dastlab Şayxontohur tumanida sinovdan ötgan smart hisoblagiçlarni ommaviy örnatiş joriy yilning uçinçi çoragidan Yangihayot tumanidan boşlanadi. Belgilangan jadval asosida boşqa tumanlarda ham işlar bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi.