Poytaxt boş rejasini özgartiriş Quriliş vazirligining kun tartibida yöq, tadbirkor Murod Nazarovning bu boradagi taklifi körib çiqilmaydi, deya ma’lum qildi vazir örinbosari Davron Odilov Kun.uz bilan suhbatda. Bu – avvalroq yangragan bayonotlar, xususan vazirlik boşqarma boşliğining gaplarini rad etadi. Toşkentda boş rejaga zid ekaniga qaramay, ilgari surilayotgan loyihalar röyxati uzayib bormoqda.
Toşkent şahri boş rejasiga özgartiriş kiritiş masalasi Quriliş vazirligining kun tartibida yöq. Bu haqda Kun.uz muxbirining savoliga javoban vazir örinbosari Davron Odilov ma’lum qildi.
Bu bilan u avvaliga vazirlik boşqarma boşliği, keyin quriliş sohasidagi tadbirkor Murod Nazarov aytgan gaplarni inkor qildi.
“Unaqa narsa (Toşkent boş rejasini özgartiriş – tahr.) bizning kun tartibimizda yöq. [Murod Nazarov] vazirlik haqida gapirmadi. Rasmiylar töğrisida ham, Quriliş vazirligi töğrisida ham gapirmadi. Boş rejani özgartiriş haqida ham gapirmadi. “Boş rejani korreksiya qilişga taklif bermoqçimiz”, dedi. Hali undan heç qanaqa taklif ham kelib tuşgani yöq, biz uni hali körib çiqqanimiz yöq, körib çiqmaymiz ham. Quriliş vazirligining kun tartibida yöq”, – dedi Odilov Kun.uz muxbiri bilan 23 iyul kungi suhbatida.
Toşkent şahrining uzoq yillar kutilgan, 2045 yilgaça möljallangan boş rejasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 24 dekabr kungi qarori bilan tasdiqlangan edi. Qarorda bundan buyon har qanday quriliş işlari tasdiqlangan boş reja asosida bölişi belgilangan.
Oradan yarim ötib, 2025 yil 9 iyul kuni Spot naşri Quriliş vazirligi boşqarma boşliği Aziz Xalilovga tayanib poytaxt boş rejasi özgartirilişi mumkinligi haqida xabar berdi. Xalilov bu haqdagi savolga “bunday ehtimol mavjud” deb javob bergan va yakuniy qaror ekspert xulosalari asosida qabul qilinişini aytgan.
“Hozir Toşkent boş rejasiga özgartirişlar kiritiş maqsadida tahlillar olib borilmoqda. Amaldagi hujjatda ayrim hududlar uçun bino balandligiga oid eskirgan hisob-kitoblardan foydalanilgan. Masalan, boş rejada 5 qavatgaça balandlik körsatilgan, amalda esa bu hududlarda 16 qavatgaça quriliş qilsa böladi”, – degan vazirlik boşqarma boşliği.
17 iyul kuni Savdo-sanoat palatasidagi oçiq muloqotda quriliş sohasidagi tadbirkor Murod Nazarov ham şu haqda gapirdi.
“Mana, xudo xohlasa, kutyapmiz: Toşkent şahrining boş rejasi korreksiya bölyapti. Xudo xohlasa, yaqinda çiqib qoladi”, dedi Murod Nazarov daraxtlar kesilişiga moratoriyni bekor qiliş haqidagi şov-şuvli taklifini aytişdan oldin.
U ertasiga Kun.uz'ga bergan intervyusida ham şuni takrorlab, mas’ullar boş rejaga “tuzatişlar kiritiş” ustida iş olib borayotganini aytdi.
“Oxirgi korrektirovka kiritilişini biz quruvçilar ham, hamma kutib ötiribdi. Çunki e’lon qilinganidan keyin mayda-çuyda qayerdadir inobatga olinmagan joylar çiqib keldi va bu köproq aholi va tadbirkorlar tarafidan asosli e’tirozlarga sabab böldi. Quriliş vazirligi va barça taşkilotlarga ming rahmat, bu narsaga oqillik bilan yondaşib, haqiqatan ham mayda-çuyda narsalarda kamçilik borligini körgan holda, öşa narsalar korrektirovka bölyapti”, – dedi Murod Nazarov.
Boş rejaga zid bölişiga qaramay, ilgari surilayotgan yirik quriliş loyihalaridan hozirgaça bir neçtasi ma’lum. Ular şaharning markaziy nuqtalarida joylaşgan va boş rejada ruxsat etilganidan karrasiga baland qilib loyihalaştirilgan:
▪️Islom Karimov köçasidagi “Foton” zavodi örnida 53 qavatli (Nest One'dan ham balandroq) majmua; taşabbuskor – “Foton” AJ, loyiha qiymati – 175 mln dollar:

▪️Beshyog‘och bozori örnida 30 qavatgaça bölgan binolar majmuasi; taşabbuskor – Toşkent şahar hokimligi, loyiha qiymati – 461 mln dollar:

▪️Taras Şevçenko köçasidagi sobiq Geologiya qömitasining binosi örnida 30 qavatgaça bölgan binolar majmuasi; taşabbuskor – “Xamkar Inshaat” MÇJ, loyiha qiymati – 180 mln dollar:

▪️Seul köçasida Ritz Carlton brendi ostida kamida 30 qavatli mehmonxona; taşabbuskor – “PD Estates” MÇJ XK; loyiha qiymati – 200 mln dollar;
▪️Bunyodkor köçasida, “Katta Qozirobod mahallasi hududida har biri kamida 30 qavatli egizak binolar; taşabbuskor – TSC-HK-Investment (Xitoy), loyiha qiymati – 340 mln dollar;

▪️Shota Rustaveli köçasidagi Grand Mir mehmonxonasi örnida 30 qavatgaça bölgan binolar majmuasi:

Bu loyihalar böyiça taqdimotlar – Toşkentning köplab mahallalarida energetika infratuzilmasi yoz jaziramasi bilan boğliq yuklamani kötara olmayotgani sabab elektr ta’minotida uzilişlar kuzatilayotgani fonida röy bermoqda.











