16:57 / 12.07.2021
5877
Qozog‘iston AQSh afg‘onistonlik qochqinlarni qabul qilish bo‘yicha murojaat qilmaganini bildirdi

Avvalroq Jo Bayden ma'muriyati Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikistondan Amerika qurolli kuchlari bilan hamkorlik qilgan 9 ming nafar afg‘onistonlikni o‘z hududlarida joylashtirishini so‘ragani xabar qilingandi.

Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi AQSh Amerika qurolli kuchlari bilan hamkorlik qilgan afg‘onistonlik qochqinlarni mamlakat hududida joylashtirishni so‘rab murojaat qilmaganini bildirdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda

"Amerika tomonidan tashqi ishlar vazirligiga rasman bunday murojaat kelib tushmadi", - deyiladi TIV xabarida.

Avvalroq Bloomberg agentligi prezident Jo Bayden ma'muriyati Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikistondan Amerika qurolli kuchlari bilan hamkorlik qilgan 9 ming nafar afg‘onistonlikni o‘z hududlarida vaqtincha joylashtirishni so‘rab murojaat qilgani to‘g‘risida xabar bergandi.

Agentlik manbalarining so‘zlariga ko‘ra, afg‘onistonliklarni qabul qilish to‘g‘risidagi kelishuv Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik haqidagi yanada kengroq kelishuvning bir qismi bo‘lishi lozim.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top