17:58 / 03.08.2021
2777
Samarqandda Captiva mashinasi yonib ketdi

Samarqand shahridagi ko‘chalardan birida to‘xtab turgan Captiva mashinasi yonib ketgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 3 avgust kuni soat 16:20larda Samarqand shahar, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan 4-oilaviy poliklinika avtoturargohida to‘xtab turgan Captiva mashinasining dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan.

Hodisa haqida shahar FVBga xabar tushgandan hodisa joyiga yong‘in o‘chirish bo‘linmasi yetib borgan va yong‘in o‘chirilgan. Mazkur yong‘in hodisasida hech kim jarohat olmagan. Captiva mashinasi esa yaroqsiz holga kelgan.

Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan hududiy FVB va IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda. Yong‘inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan zararga aniqlik kiritilmoqda.

Top