2024 yilning 29 may kuni Sayxunobod tumanida mast erkak Captiva’ni stadionga boşqarib tuşib, atrofdagilarning hayotini xavf ostiga qöygan holda maşinani odamlar ustiga haydab borgan edi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277 - moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilib, haydovçi tegişli tartibda qamoqqa olingan hamda maşina jarima maydonçasiga joylaştirilgandi.
Uşbu şaxsga nisbatan sud hukmi öqildi. Bu haqda “Bu kun” informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Haydovçi sudda keçirim sörab, qaytib odamlar töplangan joylarga bormasligini bildirdi.
“Ikkinçi aylangan vaqtimda maşinamning burçagi bir bolaga tegib ketdi. Keyin şunça voqea böldi, tavakkal dedim-da, stadion darvozasiga qarab haydadim. Öşa orada maşinani toşböron qilişdi. Keyin töğri çiqib, uyimga ketdim.
Hammadan uzr sörayman, tavba qildim. Endi umuman odam yiğilgan joyga, töyga ham bormayman, va’da beraman. Oxirgi imkoniyat berişingizni sörayman”, degan u.
Sudda da’vogarlar undan şikoyati yöqligini bildirgan. Biroq erkakning maşinasi old qismi bilan ikki nafar şaxsni turtib yuborib, voqea joyidan qoçib ketgani oğirlaştiruvçi holat sifatida baholangan. Sud hukmi bilan erkakka 4 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Jazoni qattiq tartibli kaloniyada ötaş belgilangan.
Şuningdek, sud hukmi bilan Captiva maşinasi jinoyat quroli deb topilgan va davlat foydasiga musodara qilingan.
Qayd etilişiça, mazkur şaxs muqaddam ham bezorilikda ayblanib, sudlangan. Öşanda unga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan. Biroq erkak ozodlikni çeklaş talablarini buzgani uçun uşbu jazo ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga almaştirilgan bölgan.













