Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxdagi «metan zapravka»da ikkita mashina yonib ketdi
Jizzax shahridagi avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasida ikkita mashina yonib ketgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, bugun, 28 iyun kuni soat 05:40da Jizzax shahar «Sangzor» MFY O.Azimov ko‘chasida joylashgan avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasida yong‘in kelib chiqqan.
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushgan ma'lumotga ko‘ra, yong‘in shoxobchadagi Matiz hamda Nexia rusumli mashinalarga gaz to‘ldirish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmagani bois kelib chiqqan.
Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan viloyat FVB yong‘in-qutqaruv guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in o‘z vaqtida o‘rab olinib, qisqa fursat ichida bartaraf etilgan. Ta'kidlanishicha, hodisada hech kim jabrlanmagan. Har ikkala mashina batamom yonib ketgan va yaroqsiz holga kelgan.
Mavzuga oid
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
22:05 / 27.06.2026
Farg‘onada gaz to‘ldirish vaqtida avtobus tomidagi gaz balloni yorilib ketdi
12:29 / 25.06.2026
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
12:23 / 22.06.2026