Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Cobalt yonib ketdi
Hodisa oqibatida Cobalt mashinasining old va salon qismi yonib zararlangan.

Foto: Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 18 aprel kuni soat taxminan 07:35 larda A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining Oqoltin tumani Sardoba shaharchasi xududidan o‘tgan 4-kilometrida yuk mashinasi va Cobalt ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Fuqaro O.S. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt yuk mashinasi bilan to‘qnashib, yonib ketgan. Voqea joyiga zudlik bilan Oqoltin tumani FVBdan 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan va tez fursatda yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida insonlarning o‘limi va tan jarohati olish holatlari kuzatilmagan. Faqat Cobalt mashinasining old kapot va salon qismi yonib zararlangan.

Qayd etilishicha, hozirda hodisa yuzasidan FVB hamda IIB YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Jizzax viloyati Zafarobod tumanida sodir bo‘lgan YTHda Nexia-2 mashinasi va bir nafar fuqaro yonib ketgandi.
Shuningdek, 2022 yil 14 aprel kuni Surxondaryo viloyati Angor tumanida sodir bo‘lgan YTHda uch kishi yonib ketgandi. Bundan tashqari, 2022 yil 3 aprel kuni Termiz shahrida uchta mashina ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda Cobalt va uning yo‘lovchisi yonib ketgandi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
O‘rmon yong‘inlari havo isiyotgani bilan bog‘liqmi? Ularning oldini olish choralari mavjudmi?
O‘zbekiston | 16:43
-
Yozning jazirama kunlarida ayollar terisini qanday parvarish qilish kerak?
Ayollar dunyosi | 16:35
-
Yakkasaroy tumanidagi yong‘inda yettita archa daraxti yonib ketdi
O‘zbekiston | 15:11
Mavzuga oid

11:55 / 21.07.2025
Qamchiq dovonida yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

22:31 / 02.07.2025
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

23:32 / 30.06.2025
Sirdaryoda Lacetti va Yutong ishtirokida YTH yuz berdi. Bir yo‘lovchi halok bo‘ldi

13:44 / 27.06.2025