Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda Nexia-2 mashinasi va bir yo‘lovchi yonib ketdi. Uch kishi shifoxonaga yotqizildi
Nexia-2 haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va ro‘paradan kelayotgan Nexia-3 bilan to‘qnashgan. Oqibatda Nexia-2 mashinasida yong‘in sodir bo‘lgan va 1 kishi vafot etgan, yana uch kishi turli darajada jarohatlangan.

Foto: FVB
Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 17 aprel kuni 4R-190 avtomobil yo‘lining Jizzax viloyati Zafarobod tumani hududidan o‘tuvchi qismida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Viloyat FVBga soat 19:09 larda Nexia-2 mashinasi avtomobili yonayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Hodisa yuz berayotgan joyga darhol Zafarobod tumani FVBdan yong‘in-qutqaruv ekipaji yuborilgan.
Qutqaruvchilar soat 19:14 da yong‘in sodir bo‘lgan joyga yetib borishgan, soat 19:19 da yong‘in batamom o‘chirilgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, Zafarobod-Paxtakor yo‘nalishida harakatlanayotgan Nexia-2 mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Nexia-3 mashinasi bilan to‘qnashgan. To‘qnashuvdan so‘ng Nexia-2 mashinasida yong‘in sodir bo‘lgan.
Oqibatda, bir nafar fuqaro vafot etgan, yana uch nafar fuqaro turli darajada tan jarohatlari olib tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Avvalroq 2022 yil 14 aprel kuni Surxondaryo viloyati Angor tumanida sodir bo‘lgan YTHda uch kishi yonib ketgandi. Bundan tashqari, 2022 yil 3 aprel kuni Termiz shahrida uchta mashina ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda Cobalt va uning yo‘lovchisi yonib ketgandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vuchich Rossiyaning Ukrainadagi urushini qoralovchi bayonotga imzo chekmadi
Jahon | 11:49
-
Assystem «O‘zatom»ga AES loyihasini texnik qo‘llab-quvvatlashda yordam beradi
O‘zbekiston | 11:35
-
Qurilish vazirligi Toshkentda 110 mingta uy buzilishi boshlangani haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi
O‘zbekiston | 11:05
-
Ko‘chmas mulk obektlari savdosi tartibi o‘zgardi
O‘zbekiston | 10:50
Mavzuga oid

16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi

15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi

13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi

07:35 / 27.07.2024