Sönggi kunlarda örmon va adirliklarda yonğinlar yuz bermoqda. Ba’zi hollarda ularni öçiriş ham juda qiyin keçmoqda. Bu holat qay darajada ob-havodagi özgarişlar — odatdan taşqari davomli issiqlik, toğ hududlarida yomğir yoğmasligi bilan boğliq? Yonğin xavfini oldindan başorat qiliş va uning oldini oliş uçun davlat idoralari qanday çoralar körişi kerak? Holatni iqlimşunos Erkin Abdulahatov tahlil qiladi.

Oxirgi kunlarda Özbekistonning köplab toğli hududlarida örmon yonğinlari yuz berayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Turkiya yoki Yevropa mamlakatlaridagi kabi yirik örmon yonğinlari bizda nisbatan kam uçraydi. Ammo umumiy maydonimizning atigi 7–8 foizini taşkil etuvçi örmonlarimiz şunday yonğinlar tufayli yöq bölmoqda.

Dunyo amaliyotida örmon yonğinlarini oldindan başorat qiliş mexanizmi yaratilgan. Çunki bunday yonğinlar, odatda, uzoq muddat yoğingarçilik kuzatilmasligi, haroratning muttasil +35 darajadan yuqori bölişi, turli atmosfera jarayonlari va şamol tezligi bilan uzviy boğliq. Hozirgi kunda ob-havodagi bunday özgarişlarni yuqori aniqlikda oldindan prognoz qiliş imkoniyati mavjud.

Rossiya va Qozoğistonda toğ va yaylovlarda yonğinlar yuzaga keliş xavfi haqidagi ma’lumotlar muntazam ravişda ob-havo byurolari tomonidan taqdim etib boriladi. Masalan, yaqin 24 soatda Qazgidromet Qozoğistonning markaziy va janubiy viloyatlaridagi bir neçta tumanlarda örmon va yaylov yonğinlarining “qizil” xavf darajasini e’lon qilgan.

Sönggi kunlarda mamlakatimizda kuzatilgan yuqori harorat (termal issiqlik) jarayoni natijasida Surxondaryo viloyatining Şerobod tumanidagi Köhitang toğlari va Toşkent viloyati Böstonliq tumanidagi Çorvoq suv ombori dambasi tepasida joylaşgan hududdagi örmon yondi. Yonğinni öçirişga Mudofaa vazirligi vertolyotlari ham jalb etildi. Örmon yonğini hozirda töliq bartaraf etilgan. Sun’iy yöldoş tasvirlarida yonğin maydoni katta emasligi körinib turibdi.

Şerobod tumanida davom etayotgan örmon yonğinlarini nazorat ostiga oliş esa qiyin keçmoqda. Masalan, 23 iyul kuni alanga olgan va öçirilgan yonğin 24 iyul kuni tuşdan söng yana qayta yondi. Bu holat sun’iy yöldoş tasvirlarida ham aniq köringan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga köra, yonğin 24 iyulga ötar keçasi soat 00:35 da Surxondaryo viloyat FVB tomonidan töliq öçirilgan.

Sun’iy yöldoş ma’lumotlariga qaraganda, hozirda Surxon qöriqxonasi hududida yonğin maydoni taxminan 900 gektarga yaqinlaşgan.