– Özbekistonda iyulning ikkinçi yarmida elektr energiyasi ta’minotida avvaliga qisqa muddatli uzilişlar kuzatildi. Jazirama avjiga çiqqan kunlari esa joylarda soatlab, sutkalab elektr bölmadi. Aslida anomal issiq yoz fasli uçun yangilik emas, bu – har yili kuzatiladigan holat. Nima uçun kuz-qiş mavsumiga tayyorlanilgani kabi yoz mavsumiga ham tayyorlanilmaydi? Nega kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik köriş maqsadida nimstansiyalar aynan yoz paytida ta’mirlanadi, şu sababli yuk transformatorlari işçi holatida bölmaydi?
– Kuz-qiş mavsumidagi elektr energiyasiga bölgan talabning ortigi bilan yoz mavsumidagi talabning ortişida juda katta farq bor. Energoqurilmalarimiz öz iş rejimida taşqi ob-havo şaroitiga uzviy boğliq. Kun qança sovigani sari transformatorlarimiz yoki yangi turdagi issiqlik elektr stansiyalarimiz buğ-gaz qurilmalarining işlaş mexanizmi yaxşilanadi.
Lekin issiqda transformatorlar, buğ-gaz qurilmalari, yoki bölmasam havo-elektr uzatiş tarmoqlari zöriqib işlaydi. Jazirama 40 darajadan oşganda transformatorlarni sovitiş tizimi köp holatlarda doş berolmaydi va qizib ketişi tufayli himoyadan öçadi.

Şu bilan birga, bir narsani aytib ötişim kerak, uzoq muddatli öçişlar kuzatilgan, ya’ni sutkalab svet bölmagan joylar köp bölgani yöq, bu özimizni oqlaş emas. Yuzaga kelgan avariyalarni tezkorlik bilan bartaraf etişga harakat qildik.
Kuni keça özim ham bitta avariyaning tepasida turib, elektr liniyalarini mumkin qadar tezroq ta’mirlab işga tuşirdik.
Muammo nimada? Infratuzilma haqiqatan ham juda eskirib ketgan. Mana, oddiy misol, özim borgan joydagi kabel tarmoği ellik yildan ortiq xizmat qilgani ma’lum böldi. Biz uning uzilgan joyini topib, ta’mirlaşimizga u qadar köp vaqt ketgani yöq, lekin bir marta zöriqib işlagandan keyin kabel 3-4 joyidan uzilib ketadi. Bittasini topasiz, ta’mirlaysiz. Endi uladim deganingizda, ikkinçi uzilgan joyi çiqadi. Uni topib ta’mirlaysiz, tarmoqqa ulagan vatqingizda keyingi uzilgan qismi aniqlanadi.
Albatta, buning yeçimi yagona: kabel tarmoqlarini almaştirişimiz kerak. Bu esa mablağga borib taqaladi. Şu örinda bitta narsani aytib ötişimiz kerak, yildan yilga issiqlik elektr stansiyalari, quyoş yoki şamol elektr stansiyalari yoki gidroelektr stansiyalarning yangi işlab çiqariş quvvatlarini oşiriş böyiça dasturlarimiz tasdiqlanib boryapti. Bundan taşqari, oldimizda magistral tarmoqlarimizni, ya’ni yuqori kuçlanişli tarmoqlarimizni hamda past kuçlanişli tarmoqlarni rekonstruksiya qiliş va modernezatsiya qiliş vazifasi turibdi.












