Vazirlik ma’lumotiga köra, asosan oçiq quyoşda joylaşgan elektr uzatiş tarmoqlari bugungi kunda ular işlaşi uçun möljallanmagan haroratgaça qiziydi. Juda yuqori harorat körsatkiçlariga qöşimça ravişda, ayniqsa kunduzi, elektr uzatiş tarmoqlari nosozlik holatiga elektr energiyasi iste’moli favqulodda ösişi ta’sir qiladi.
“Bunday holatda, har qanday vaqtda elektr uzatiş tarmoqlarining haddan taşqari qizişi va iste’molning ösişi tizimda katta hajmdagi baxtsiz hodisalarga olib kelişi mumkin bölib, bu esa elektr ta’minotini normallaştiriş uçun sezilarli vaqtni (bir kun yoki undan köproq) olişi mumkin”, deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, energetika tizimida keng kölamli muammolar yuzaga kelişining oldini oliş uçun dispetçerlik xizmatlari elektr uzatiş tarmoqlaridagi yuklamani kamaytiriş uçun zarur çoralar köradi. Ma’lum körsatkiçlar kritik darajaga yaqin bölgan holda, ayrim turar joy binolari va sanoat obektlarini elektr ta’minotidan vaqtinça uzib turiş kerak bölişi aytilgan.
Bildirilişiça, körsatkiçlar normallaştirilganda, dispetçerlik xizmati uşbu obektlarni darhol elektr ta’minotiga ulaydi. Ğayritabiiy yuqori haroratning yaxşilanişi barqaror elektr ta’minotini normallaştirişga yordam berişi ta’kidlangan.
“Şu munosabat bilan, iste’molçilar tarmoqdagi keng kölamli nosozliklar oldini oladigan, vaziyatni ança uzoqroq tuzatişni talab qiladigan bunday çoralar zarurligini tuşunişlari muhim hisoblanadi”, deyiladi vazirlikning elektr energiyasi ta’minotidagi uzilişlar böyiça bergan izohida.










