Özbekistonda energoresurslar narxlari xonadonlar uçun özgarmay qoladi, yuridik şaxslar uçun esa tariflar oşiriladi. Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş, Moliya hamda Energetika vazirliklari bayonot tarqatdi.

Şu yil 31 may kuni yoqilği-energetika resurslarining narxlarini oşirişga oid hukumat qarori loyihasi jamoatçilik muhokamasiga çiqarilgan edi. Vazirliklar muhokamada faol qatnaşgan fuqarolar, OAV, mustaqil iqtisodçilar va ekspertlarga minnatdorçilik bildirgan.

Qayd etilişiça, 15 iyun kuni yakunlangan muhokama jarayonida qaror loyihasiga 1 100 dan ortiq taklif va e’tirozlar kelib tuşgan.

“Jumladan, eng köp takliflardan biri qiş mavsumida elektr energiyasiga (tabiiy gaz uçun örnatilgani kabi) belgilangan ijtimoiy me’yor şakllantiriş böyiça kelib tuşgan.

Bunda asosiy sabablar sifatida isitiş mavsumida gazlaştirilmagan, gaz bosimi pasaygan va tabiiy gaz yetkazib berişda uzilişlar kuzatiladigan xonadonlarda, şuningdek, ayrim köp qavatli uylarning isitiş tizimi talabga javob bermasligi sababli xonadonlarni isitiş maqsadida elektr energiyasidan foydalanişga töğri kelişi körsatilgan.

Şuningdek, ijtimoiy me’yorlar miqdorini oşiriş böyiça takliflar kelib tuşgan. Takliflarning aksariyatida ijtimoiy me’yor kiritilayotganiga e’tiroz mavjud emasligi, biroq ijtimoiy me’yor miqdorini oşiriş zarurligi bildirilgan.

Şuningdek, köp qavatli va yakka tartibdagi hovli uy-joylarda iste’molning turliça bölişi qaror loyihasida inobatga olinmagani böyiça fikrlar keltirib ötilgan.

Şuni ma’lum qilamizki, qaror loyihasi böyiça aholi tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalardan kelib çiqib, şuningdek, mazkur takliflarni inobatga olgan holda yoqilği-energetika narxlarining özgarişiga oid Vazirlar Mahkamasining quyidagi qarori qabul qilindi”, deyiladi rasmiy relizda.

Qaror