Şu paytgaça amaldorlarning yiğilişlarda boşqalarni haqorat qilgani, sökingani aks etgan audio va videolar internetda köp marta tarqalgan. Lekin Töra Bobolov bilan röy bergan holat avvalgilaridan farqli, çunki u prokuratura faoliyatiga aralaşib, jazo muqarrarligi ta’minlanişiga qarşi çiqqanki, bu – vakolatlar çegarasidan çiqişni anglatadi hamda viloyatda qonun ustuvorligi ta’minlanişiga oid xavotirlarni kuçaytiradi.

Özi nima gap?

Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolov selektor yiğilişlaridan birida Angor tumani prokurori Sirojiddin Ramazonovni haqoratlagan. Suhbat jarayonidan anglaş mumkinki, hokim prokurorga tumandagi tadbirkorni çaqirib bezovta qilayotganini aytgan. Bunga javoban Ramazonov: “Davlatning pulini yegani uçun çaqirganman”, deb e’tiroz bildirgan.

Boşqalarning öziga qarşi çiqişiga odatlanmagan hokim tuman prokurorining e’tirozidan söng tutoqib ketib, oğzidan bodi kirib şodi çiqqan. Bobolovning qanday haqoratlarni işlatganiga batafsil töxtalib ötirmaymiz, çunki tafsilotlar bungaça yoritilgan.

Boş prokuratura audioyozuvlarning haqqoniyligi hamda boşqa holatlar örganilayotganini ma’lum qildi.

Hokim jazo muqarrarligi ta’minlanişiga qarşimi?

Aslida hokimlarning qöl ostidagi xodimlar va boşqa tarmoq rahbarlarini haqorat qilişi yangilik emas. Şu paytgaça davlat taşkilotlari rahbarlari, xususan, hokimlarning yiğilişlarda boşqalarni haqorat qilgani, sökingani aks etgan audio va videolar internetda köp tarqalgan.

Biroq Töra Bobolov bilan röy bergan holat avvalgilaridan farqli. Boisi u prokuratura organi faoliyatiga aralaşib, jazo muqarrarligini ta’minlanişiga qarşi çiqqanki, bu vakolatlar çegarasidan çiqişni anglatadi hamda viloyatda qonun ustuvorligi ta’minlanişiga rahna soluvçi xavotirlarni kuçaytiradi.

Bu safargi audio nimasi bilan xavfli? Gap şundaki, Töra Bobolov jon kuydirib himoya qilgan şaxs sud tomonidan korrupsiyaviy jinoyat sodir etişda aybli deb topilgan bölib, u Angor tumani Bandlik markazining direktori bölib işlagan vaqtda 30 dan ortiq kambağalning nomiga soxta hujjatlar bilan subsidiya ajratgan, biroq bu pullarni egalariga bermasdan jinoiy şeriklari bilan “yeb yuborgan”. Manbalarga köra, Bobolov tuman prokurori bilan tortişuvida ana şu şaxslar haqida gapirgan.