Surxondaryo hokimi Angor prokurorini haqoratlagan audio tarqaldi. Hokim himoya qilgan “tadbirkor” o‘zining sinfdoshi bo‘lishi mumkin
Kun.uz manbasining ma’lum qilishicha, viloyat hokimi To‘ra Bobolov o‘ziga yaqin tanish bo‘lgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortgani uchun Angor tuman prokurorini haqorat qilib, tergovga to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Angor tumani prokurori Sirojiddin Ramazonovni haqoratlagani, uni sektor rahbari sifatida ish ko‘rsatmayotganlikda ayblagani bilan bog‘liq audioyozuv tarqaldi.
Suhbat jarayonidan anglash mumkinki, viloyat hokimi Bobolov prokurorni tumanda sektor rahbari sifatida yetarli darajada ish olib bormayotganlikda ayblagan.
Hokim prokurorga tumandagi tadbirkorni chaqirib bezovta qilayotganini aytgan. Bunga javoban Ramazonov: “Davlatning pulini yegani uchun chaqirganman”, deb e’tiroz bildirgan.
Suhbat avval boshdan ziddiyatli boshlangani uchun ikki tomon ham hurmatni chetga surib qo‘ygan.
“Tilingni bir qarich qilasan menga! Itaraman men, b***t! O‘zingcha menga g‘uddayma, jo‘ra! Yoqmayotan bo‘lsa ket n***y b***t. Sen nima demoqchisan menga? Senga o‘xshaganni tiqib yuboraman. Tushundingmi? Sen mening sovunimga kir yuvmabsan, og‘ayni. ... tvoyu mat! S***n n***y b***t! Shoshmay tur.
Savolimga javob ber, texnikani kiritdingmi? Javob ber. Eksport qildingmi, javob ber!” degan viloyat hokimi.
To‘ra Bobolov shundan so‘ng telefon orqali prokuror masalasida kim bilandir suhbatlashgan. U suhbatdoshiga Angor prokurorining tili bir qarich ekani, holat bo‘yicha bosh prokuror bilan gaplashishini bildirgan.
Tarqalgan audioyozuv bo‘yicha Surxondaryo viloyati hokimligi munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, audiomaterial shu yil fevral oyida hokimlik soatida bo‘lib o‘tgan muhokamadan kesib olinib, “boshqacha talqin qilingan”.
“Asl holatda yig‘ilishda kun tartibiga qo‘yilgan masalalar muhokamasi jarayonida viloyat rahbari Angor tumani sektor rahbarlaridan tumanning investitsiya, eksport va soliq tushumlari bo‘yicha yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarini tanqidiy muhokama qilib, tanbeh bergan. Shu jumladan, tuman prokuroriga ham. Mazkur yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tganligi sababli viloyat hokimi asabiy holatda gapirishga majbur bo‘lgan”, deyiladi izohda.
Viloyat hokimligi axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, sektor rahbari sifatida prokurorga hech qanday chora ko‘rilmagan.
Kun.uz'ning viloyat prokuraturasidagi manbasi Surxondaryo viloyat hokimligining munosabatiga e’tiroz bildirdi. Audioyozuv hech qanday montaj emasligi, hokim va prokuror muloqoti 2022 yil fevral emas, 2021 yil dekabr oyida Zoom orqali o‘tkazilgan yig‘ilishdan olinganini ma’lum qildi.
“Prokuror u yerda vazifasini bajargan. Davlat kambag‘allar uchun ajratgan subsidiyani bandlik xodimlari bilan kelishib, yeb yuborishgan. O‘shalarni javobgar qilgan prokuror. Viloyat hokimi to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoyat ishiga aralashgan bu yerda. Xalq hokimning basharasini ko‘rsin, hozir javobgarlik masalasi ham ko‘rilyapti”, – dedi prokuratura vakili.
Manbaga ko‘ra, To‘ra Bobolov yig‘ilishda himoya qilgan tadbirkor o‘zining sinfdoshi yoki qarindoshi bo‘lishi mumkin.
Holat bo‘yicha Bosh prokuratura ham bayonot berdi. Bayonotda audioyozuvlarning haqqoniyligi, qachon, qayerda va qanday holatlarda yuz bergani hamda boshqa holatlar Bosh prokuratura tomonidan o‘rganilayotgani aytilgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
-
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi
Jahon | 23:14 / 14.06.2025
-
Isroil Eronning energiya infratuzilmasiga zarba berdi
Jahon | 22:25 / 14.06.2025
-
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi
Jahon | 21:33 / 14.06.2025
Mavzuga oid

16:05 / 02.06.2025
Ko‘p qavatli uylarda 1,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

12:13 / 31.05.2025
Surxondaryoda 23 ta ko‘p qavatli turar joy binosida seysmik jihatdan kamchiliklar aniqlandi

15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi

10:00 / 14.05.2025