15:29 / 05.02.2023
22193

Ukraina va Rossiya o‘rtasida asirlar almashinuvi, Kiyevda belaruslik ko‘ngillining dafn marosimi. Urush suratlari

Ukrainada urushning 346-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya va Ukraina asirlar almashinuvi o‘tkazdi. RF mudofaa vazirligi 63 harbiy ozod etilgani, ular orasidagi ayrimlar «muhim toifa»ga mansubligini aytgan. Ukraina prezidenti ofisi rahbari 116 kishi asirlikdan uyga qaytgani haqida ma’lumot bergan.
  • «Ukrenergo» nimstansiyasida kun davomidagi ikkinchi avariya oqibatida Odessa to‘liq elektrdan uzildi.
  • Belgorod oblastining Borisovka qishlog‘ida zarbalar oqibatida zavodda yong‘in chiqdi, bu yerda Qrim ko‘prigi uchun ham konstruksiyalar ishlab chiqarilgan. Region rahbari cheklanmagan muddatga terrorchilik tahdidining «to‘qsariq» darajasini e’lon qilgan.
  • AQSh bosh prokurori «Tsargrad» telekanali asoschisi Konstantin Malofeyevning musodara qilingan 5,4 million dollar mablag‘ini «Ukraina xalqini qo‘llab-quvvatlash uchun» Davlat departamentiga yo‘naltirishga ruxsat berdi. Bu Amerika hukumatining sanksiyalar ostidagi rossiyaliklarning aktivlari bo‘yicha ilk shunday qarori bo‘ldi.
  • Kanada Rossiyadagi jurnalistlar, nashrlar va artistlarga «dezinformatsiya va propaganda tarqatganlik» uchun sanksiyalar qo‘lladi. Dima Bilan, Polina Gagarina va Mixail Galustyan kabilar ham sanksiyaga uchragan.
  • Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, Germaniya Shvetsiya hukumatidan nemislar tomonidan ishlab chiqarilgan IRIS-T havo hujumidan mudofaa tizimlari va ular uchun raketalarni Ukrainaga yuborishni so‘ragan.
  • YeI Rossiya neft mahsulotlari uchun bir barrelga 100 dollar darajasida yuqori narx belgilab qo‘ydi. «Katta yettilik» mamlakatlari ham shunday cheklovlar borasida kelishib olgan.

Ukraina va Rossiya o‘rtasida harbiy asirlar almashinuvi. 

Navbatdagi almashinuv doirasida Ukraina qurolli kuchlari nazoratidagi hududga o‘tgan ukrainalik harbiy asirlar. 2023 yil 4 fevral
Ukraina bosh shtabi matbuot xizmati / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainaliklarga almashilgan rossiyalik asirlar RF qurolli kuchlari nazorati ostidagi hududda, 2023 yil 4 fevral. RF mudofaa vazirligi qaytarilgan harbiy xizmatchilar orasida «muhim toifa»ga mansub shaxslar borligini ma’lum qilgan, ammo ular aynan kimlar ekaniga aniqlik kiritmagan. Foto: RF mudofaa vazirligi matbuot xizmati / TASS

Xerson bo‘ylab zarba oqibatlari

3 fevralga o‘tar kechasi Xerson Rossiya qo‘shini tomonidan yana bir bor o‘qqa tutildi. Snaryadlardan biri «Episentr» savdo markazidagi pirotexnika omboriga tushgan, yong‘in chiqqan, natijada binoning qariyb yarmi yonib ketgan.
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Xersondagi «Episentr» savdo markazida yong‘inni o‘chirishga jalb etilgan o‘t o‘chiruvchilar
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Xerson. Otishmalar vaqtida halok bo‘lgan tinch aholi vakili jasadi
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Xersondagi yong‘in joyida ishlayotgan o‘t o‘chiruvchilar
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Horlivka va Nova Kaxovka o‘qqa tutilishi oqibatlari

Horlivkada savdo paviloni xarobalaridagi bozor ishchisi. Shaharga navbatdagi artilleriya zarbalari kelishi oqibatida markaziy bozor jiddiy shikastlangan
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Markaziy bozorga zarba yo‘llanishi oqibatlari. Horlivka 2014 yil aprelidan buyon «DXR» kuchlari nazoratida. Shahar qo‘shinlarning tutashuv chizig‘idan bir necha o‘n kilometr masofada joylashgan va keng ko‘lamli bosqin boshlangach muntazam ravishda o‘qqa tutilmoqda.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Horlivka. Otishmalardan shikastlangan Markaziy bozor binosi.
Vladimir Gerdo / TASS
Nova Kaxovka, Ukrainaning Xerson oblasti. Suratda shahar o‘qqa tutilishi oqibatida «Yujnyy» garaj kooperativida yong‘in chiqqan
Vladimir Gerdo / TASS

Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari 

Donetskning Kiyev rayonidagi ko‘p qavatli uyda zarba oqibatlari, 2023 yil 4 fevral. Shaharning Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyatiga ko‘ra, uyga Ukraina qurolli kuchlari baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan yo‘llangan raketa kelib tushgan
Pavel Klimov / Reuters / Scanpix / LETA
Nikolay Trishin / TASS
Vayron bo‘lgan pod’yezd xarobalari ostidan jasadlar olib chiqilishi
Nikolay Trishin / TASS

Ukraina armiyasidagi belaruslik ko‘ngillining dafn marosimi

 

Do‘stlari Eduard Lobauning tobutiga ozod Belarus bayrog‘ini yopishmoqda. Ukraina tomonida 2015 yildan buyon jang qilib kelgan Lobau fevral oyi boshida Donetsk oblastida halok bo‘ldi.
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Ukraina rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, Eduard Labau Rossiya bilan urushda halok bo‘lgan belaruslik o‘n beshinchi ko‘ngilli bo‘ldi. U Javelin operatori sifatida xizmat qilgan.
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

 

Baxmut atrofidagi tinch aholi vakillari evakuatsiyasi

 

Ukrainalik ko‘ngillilar Donetsk oblastining Chasiv Yar shahri aholisini evakuatsiya bo‘lishga ko‘ndirmoqda. Rossiya kuchlari Baxmutni janubdan aylanib o‘ta boshlagach, front chizig‘ ushbu shaharga yaqinlashdi
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Chasiv Yarda vayron bo‘lgan uylar orasidagi ayol
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik ko‘ngillilar vai Chasiv Yarda yashovchi Petro Kozlovskiy. Shahar aholisini evakuatsiya qilish jarayoni ketmoqda: tez orada Rossiya kuchlari ushbu shaharga hujum boshlashi mumkin
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsk oblasti Konstantinovka shahri tinch aholisini evakuatsiya qilish jarayoni
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA

Odessadagi havo trevogasi chog‘ida dars o‘tayotgan bolalar

Odessadagi maktab o‘quvchilari havo trevogasi chog‘ida bombapanagohda o‘quv mashg‘ulotlarini davom ettirmoqda. Shahar urushning ilk kunidan buyon o‘qqa tutib kelinadi.
Nina Liashono​k / Ukrinform / Abaca / Sipa USA / Vida Press

 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top