Navbatdagi asirlar almaşinuvi çoğida 116 nafar ukrainalik askar öz vataniga qaytdi. Moskva ma’lumotlariga köra, rossiyalik 63 harbiy xizmatçi ozod etilgan. Ularning bir qismi BAA vositaçiligida almaştirilgan.
Rossiya bilan harbiy asirlarni almaşiş doirasida 116 kişi Ukrainaga qaytdi. Bu ma’lumotni 4 fevral, şanba kuni Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak tasdiqladi va Telegram’da gap «Mariupol himoyaçilari, Xerson partizanlari, Baxmut yönalişidagi snayperlar va boşqa qahramonlar» haqida ketayotganini yozdi.
Yermakning sözlariga köra, qaytganlar orasida Ukraina Qurolli kuçlarining 87 nafar harbiy xizmatçisi, hududiy mudofaaning sakkiz nafar jangçisi, Milliy gvardiyaning yetti nafar xodimi, Milliy politsiyaning olti nafar xodimi, soliq xizmatining beş nafar xodimi, ikki nafar dengiz floti xizmatçisi va Davlat favqulodda vaziyatlar xizmatining bir vakili bor. Şu bilan birga, ozod etilgan harbiy asirlardan ikki nafari ofitserlar, 114 nafari oddiy askar va serjantlardir, dedi Yermak.
Bundan taşqari, Rossiya tomoni halok bölgan xorijlik köngillilar Kristofer Metyu Perri va Endryu Tobias Metyuning jasadlarini, şuningdek, Fransiya xorijiy legionida xizmat qilgan va uruş boşlanganidan söng Ukrainani himoya qiliş uçun qaytgan marhum ukrainalik köngilli Yevgeniy Kulikning jasadini topşirdi.
Öz navbatida, Rossiya Mudofaa vazirligi muzokaralar natijasida 63 nafar rossiyalik harbiy Ukraina asirligidan ozod etilganini ma’lum qildi. Ularning «muhim toifa»ga mansub ba’zilari Birlaşgan Arab Amirliklari rahbariyati vositaçiligida almaştirilgan, deya xabar beradi Mudofaa vazirligi. Uşbu «muhim toifa» kimlar ekanligini Rossiya harbiy idorasi aniqlaştirmadi.


















