AQŞ sanksiyalari röyxatiga kiritilgan rossiyalik milliarder Konstantin Malofeyevning Qöşma Ştatlarda musodara qilingan aktivlari Ukrainaga ötkaziladi. Bu haqda 3 fevral, juma kuni AQŞ boş prokurori Merrik Garlend Ukraina boş prokurori Andrey Kostin bilan uçraşuvda ma’lum qildi, deb yozadi CNN. 

«Bugun men musodara qilingan Rossiya aktivlarini Ukrainada foydalaniş uçun birinçi marta topşirişga ruxsat berganimni e’lon qilaman, - deya Garlandning sözlaridan iqtibos keltirgan telekanal. - Mening sanksiyam bilan bugun musodara etilgan mablağlar Ukraina xalqini qöllab-quvvatlaş uçun Davlat departamentiga ötkaziladi. Rossiyalik harbiy jinoyatçilar Qöşma Ştatlarda boşpana topa olmaydi». 

CNN ma’lumotlariga köra, gap 5,4 million dollarga teng aktivlar haqida ketmoqda. Avvalroq Nyu-York sudi prokurorlarga Malofeyevning Denver Sunflower Bank’idagi hisobraqami mablağlarini musodara qilişga ruxsat bergan. Idora ma’lumotlariga köra, u 2014 yilda öziga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni buzgan holda mablağlarni özining biznes şerigiga ötkazişga uringan. Tadbirkor musodara qiliş talabiga qarşi çiqmadi. 

«Tsargrad» telekanali asosçisi Konstantin Malofeyev 2014 yildan beri Qrim va Donbassdagi ayirmaçilarni moliyalaştirişning muhim manbai sifatida köriladi.