Konstitutsiyada davlatning oliy maqsadi belgilanadi
|21:09 / 09.03.202312 54012 min
Bu oliy maqsad inson huquq va erkinliklarini ta’minlaş böladi.
Foto: Qonunçilik palatasi matbuot xizmatiFoto: Qonunçilik palatasi matbuot xizmati
Özbekiston parlamentida konstitutsiyani yangilaş haqida ma’ruza qilgan deputat Jahongir Şirinov asosiy qonunga kiritilayotgan ayrim özgarişlarni sanab ötdi. Quyida uning ma’ruzasidan bir qismi keltirib ötiladi.
Birinçidan, Özbekiston ijtimoiy davlat deb e’lon qilinmoqda. Davlatning ijtimoiy majburiyatlariga oid normalar qariyb uç baravarga ortmoqda. Jumladan, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalari uy-joy bilan ta’minlanişi, mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori insonga munosib yaşaşini ta’minlaşni hisobga olgan holda belgilanişi, fuqarolarning tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini davlat hisobidan olişga haqliligi va boşqalar belgilanmoqda. Boşqaça aytganda, ijtimoiy davlatga xos bölgan barça elementlar konstitutsiyamizda aks ettirilmoqda.
Nogironligi bölgan şaxslarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşni nazarda tutuvçi qoidalar yanada takomillaştirildi. Jumladan, davlat nogironligi bölgan şaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy sohalar obektlari va xizmatlaridan tölaqonli foydalanişi uçun şart-şaroit yaratişi, ularning işga joylaşişiga, ta’lim olişiga kömaklaşişi, zarur axborotni tösqinliksiz oliş imkoniyatini ta’minlaşi mustahkamlandi.
Ikkinçidan, ijtimoiy davlatga xos yondaşuv ta’lim sohasi böyiça ham köpgina modda va normalarda öz ifodasini topmoqda.
Xususan, yoşlarning oliygohlarda davlat hisobidan grant asosida öqiş huquqi Konstitutsiyada belgilanmoqda. Ya’ni, bu bilan iqtidorli yoşlarning davlat hisobidan oliy ta’lim oliş imkoniyati kafolatlanmoqda. Bu oliy ta’limda hamişa davlat granti uçun kvotalar ajratiladi va uşbu tartib heç qaçon bekor bölmaydi degani.
Şu bilan birga, nogironligi bor bolalarga öz tengdoşlari bilan bir xil ta’lim olişi uçun barça şaroitlar yaratiş, ya’ni inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantiriş böyiça davlat öziga majburiyat olmoqda.
E’tibor bering. Konstitutsiyaviy qonun loyihasida pedagog xodimlarga oid qoidalar qayta körib çiqildi va öqituvçi kasbiga nisbatan yuksak hurmatni hamda ularning ijtimoiy himoyasini nazarda tutuvçi alohida yangi modda kiritildi. Xususan, “Özbekiston Respublikasida öqituvçining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantiriş, soğlom, barkamol avlodni şakllantiriş va tarbiyalaş, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlaş hamda boyitişning asosi sifatida e’tirof etiladi” degan qoida örnatilmoqda. Bundan taşqari, davlat öqituvçilarning şa’ni va qadr-qimmatini himoya qilişi, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy ösişi haqida ğamxörlik qilişi mustahkamlanmoqda.
Mavzuga oid
Uçinçidan
, “inson huquq va erkinliklarini ta’minlaş – davlatning oliy maqsadidir” degan norma belgilanmoqda. Uşbu maqsadga erişiş uçun, loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda: 1) insonning şa’ni va qadr-qimmati daxlsizdir; 2) davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qöllaniladigan huquqiy ta’sir çoralari mutanosiblik prinsipiga asoslanişi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erişiş uçun yetarli bölişi kerak.
Boşqaça aytganda, endi agar davlat biron bir harakat uçun jarima, yoki boşqa huquqiy ta’sir çorasini belgilamoqçi bölsa, mazkur prinsipga amal qiladi, ya’ni arzimagan, kam ahamiyatli qoidabuzarlik uçun uning jamiyat uçun xavflilik darajasiga mutanosib bölmagan oğir jazo çorasini belgilay olmaydi. Aytiş joizki, uşbu qoida asosida amaldagi huquqiy ta’sir çoralari ham qayta körib çiqiladi va öylaymanki birinçi navbatda biz deputatlar uşbu masalada jonbozlik körsatamiz.
E’tibor bering. Insonning davlat organlari bilan özaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunçilikdagi noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinişi belgilanmoqda. Bu juda katta kafolat. Masalan, aytaylik soliq qonunçiligida bir-biriga nomuvofiq bölgan normalar vujudga keldi. Bunday nomuvofiqlikni, tabiiyki, soliq organi davlat foydasiga, fuqaro esa öz foydasiga talqin qilişni xohlaydi. Konstitutsiyaga kiritilayotgan mazkur kafolat esa, bunday bahsga nuqta qöyadi va nomuvofiqliklar davlatga emas, balki inson foydasiga hal etiladi deb qat’iy belgilaydi.
Yana bir masala. Konstitutsiyamizda “şaxsning sudlanganligi va bundan kelib çiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoşlari huquqlarini çeklaş uçun asos bölmasligi” belgilanmoqda. Boş Qomusimizga kiritilayotgan uşbu qoida zahmatkaş xalqimizning köp yillar davomida boşiga tuşgan taşviş, ya’ni zarraça aybi yöq şaxsga nisbatan aybdor sifatida qaraş kabi sobiq tuzumdan qolgan sarqitlardan xoli etişga qaratilgan.
Aybsizlik prezumpsiyasi yanada kuçaytirilmoqda. Jumladan, Konstitutsiyamizning amaldagi 26-moddasida şaxsning işi sudda körib çiqilib, uning aybi aniqlanmagunça u aybdor hisoblanmasligi belgilangan bölsa, endilikda sudning qonuniy kuçga kirgan hukmi bilan aniqlanmagunça u aybsiz hisoblanişi mustahkamlanmoqda.
Davlatning xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat işlarini boşqarişda, şuningdek davlat va jamiyat hayotining boşqa sohalarida teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlaşi nazarda tutilmoqda.
Törtinçidan, uşbu konstitutsiya töğridan töğri işlaydigan hujjat bölmoqda. Ya’ni, endi barça fuqarolar hattoki özining kundalik hayotida ham Konstitutsiyaga murojaat qiladilar. Undagi barça normalar, ularni qanday amaliyotda qöllaşni oçib beruvçi qonunçilik hujjati mavjud yoki mavjud emasligidan qat’i nazar, töğridan töğri işlaydi.
Konstitutsiya normalarini sudlarda töğridan töğri qöllaş amaliyotini yölga qöyiş maqsadida, bu masala yuzasidan Oliy sud Plenumining qarorini qabul qilişni taklif etmoqdamiz.
Beşinçidan, “Xabeas korpus” instituti kölamini yanada kengaytiriş maqsadida şaxsni 48 soatdan ortiq sudning qarorisiz uşlab turiş mumkin emasligi, telefon sözlaşuvlarini eşitiş va tintuv ötkaziş faqat sud ruxsat bersagina amalga oşirilişi mumkinligi belgilanmoqda.
Şu bilan birga, uşlangan şaxsga sukut saqlaş va boşqa huquqlari hamda uşlab turiş asoslari sodda tilda ilk soniyalardanoq tuşuntirilişi, şuningdek heç kim öziga va yaqin qarindoşlariga qarşi körsatma berişga majbur emasligi kabi “Miranda” qoidalari Konstitutsiya darajasida belgilanmoqda. Bu qoidalar insonni nohaq jinoiy ta’qibdan, ayrim tergov organlarining noqonuniy xatti-harakatlaridan himoya qiladi. Va e’tibor bering, uşbu qoidalar faqatgina sohaviy qonunlarda emas, balki aynan eng oliy hujjat – Konstitutsiyada belgilanmoqda.
Inson huquqlarini himoya qilişda advokatlarning rolini oşiriş, ularning prokurorlar bilan teng tortişuvçanlik prinsipi asosida faoliyat körsatişini ta’minlaşga qaratilgan normalar kiritilmoqda. E’tibor bering! Prokuraturaga oid konstitutsiyaviy normalar qanday alohida bobda aks ettirilgan bölsa, xuddi şunday Konstitutsiyamizga advokaturaga bağişlangan yangi bob kiritilmoqda.
Oltinçidan, loyihada bugungi kunimizning eng dolzarb muammolardan biri – ekologiya masalalariga ham jiddiy e’tibor qaratilgan. Xususan, har kimning qulay atrof-muhitga, uning holati töğrisidagi aniq axborotga ega böliş huquqi mustahkamlanmoqda. Davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini ta’minlaş maqsadida şaharsozlik faoliyati sohasida jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş uçun şart-şaroitlar yaratiş majburiyatini olmoqda.
Endilikda, davlat aholiga qaysi hududda ekologik vaziyat yomonlaşayotganligi, uning sabablari töğrisida ma’lumotlar berib borişga, ularni bartaraf etiş böyiça çoralar körişga majbur böladi.
Yettinçidan, Konstitutsiya loyihasida 18 milliondan ortiq yoşlarimiz masalalariga ham e’tibor berilib, ularning ta’lim olişi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli bölişi, bandligi uçun şart-şaroitlar yaratiş – davlatning konstitutsiyaviy majburiyati ekanligi belgilanmoqda. E’tibor qiling! Boş qomusimizda yoşlar uçun alohida bob ajratilmoqda.
Ota-onalarning öz farzandlarini voyaga yetguniga qadar nafaqat boqiş va tarbiyalaş, balki ularning ta’lim olişi, soğlom, tölaqonli
va har tomonlama kamol topişi uçun ham ğamxörlik qilişi belgilanmoqda.
Şuningdek, yoşlarni himoya qiliş, ularning huquqlarini amalga oşiriş uçun şart-şaroitlar yaratiş davlatning majburiyati sifatida belgilanmoqda. Bu esa yoş avlod hayotini yaxşilaş, ular orzu-intilişlarini röyobga çiqariş va hayotda öz örinlarini topişlari uçun ulkan imkoniyat yaratadi.
Sakkizinçidan, oçiqlik siyosatini davom ettiriş, faol fuqarolik jamiyatini şakllantiriş va jamoatçilik nazorati institutini yanada rivojlantirişga qaratilgan normalar kiritilmoqda. Xususan:
milliy qonunçiligimizda birinçi marotaba fuqarolik jamiyati institutlarining tarkibi oçib berilmoqda hamda ular fuqarolik jamiyatining asosini taşkil etişi mustahkamlanmoqda;
davlat budjetini şakllantiriş va uni ijro etiş ustidan fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan jamoatçilik nazorati olib borilişi haqida yangi modda kiritilmoqda.
Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini kafolatlaşi, şuningdek ommaviy axborot vositalari faoliyatiga tösqinlik qiliş yoki aralaşiş qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bölişi mustahkamlanmoqda. Albatta, ommaviy axborot vositalari yanada faol bölişi uçun ularga keng imkoniyatlar va kuçli himoya kerak. Konstitutsiyamizga kiritilayotgan uşbu norma mamlakatimizda söz va axborot erkinligi yanada yuksalişiga, jamiyatda oçiqlik va oşkoralik muhitini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Qolaversa, hukumatning asosiy vakolatlaridan biri sifatida “ijro hokimiyati organlarining işida oçiqlik va şaffoflikni, qonuniylik va samaradorlikni ta’minlaş, ularning faoliyatidagi korrupsiya körinişlariga qarşi kuraşiş, davlat xizmatlarining sifatini va oçiqligini oşiriş çoralarini köriş” belgilanmoqda.
Fuqarolarga, ularning soni yuz ming nafardan kam bölmasa, qonunçilikka oid takliflarini Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga qonunçilik taşabbusi tartibida kiritiş huquqi berilmoqda. Boş Qomusimizga bunday qoidaning kiritilişi davlat işlarini boşqarişda fuqarolarning iştirokini kengaytiradi. Islohotlarning taşabbuskori sifatida insonlar özlarining kelajagi, orzu-maqsadlarini röyobga çiqariş uçun muhim qarorlar qabul qilişda, jamiyatdagi muammolarni öz vaqtida hal etişda töğridan töğri iştirok etişlari uçun şaroit yaratiladi.
Töqqizinçidan, milliy iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantiriş, mamlakatda investitsiyaviy muhitni yaxşilaş hamda mulk himoyasini yanada kuçaytirişga qaratilgan normalar kiritilmoqda. Jumladan:
nafaqat bank omonatlari, balki bank amaliyotlari va hisobvaraqlarning ham sir tutilişi kafolatlanmoqda;
soliq va yiğimlar adolatli bölişi va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oşirişiga tösqinlik qilmasligi örnatilmoqda;
davlat bozor munosabatlarini rivojlantiriş, halol raqobat uçun şart-şaroit yaratişi mustahkamlanmoqda;
E’tibor bering. Tadbirkorlar qonunçilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oşirişga haqli ekanliklari kafolatlanmoqda. Konstitutsiyamizga mazkur qoidaning kiritilişi erkin bozor iqtisodiyotining eng muhim talabini özida ifoda etib, “qonunda taqiqlanmagan har qanday faoliyatga ruxsat beriladi” degan tamoyilga asoslanadi.
Öninçidan, odil sudlovga erişiş darajasini oşiriş va sudyalar mustaqilligini ta’minlaşga qaratilgan qoidalar kiritilmoqda. Jumladan:
heç qaysi boşqa organ yoki şaxs sud hokimiyatining vakolatini özlaştira olmasligini inobatga olib, “odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oşirilişi” konstitutsiyaviy mustahkamlanmoqda;
sudyaning boşqa organlar va şaxslardan xoli bölişini ta’minlaş maqsadida sudyalar muayyan işlar böyiça hisobdor bölmasligi qat’iy örnatilmoqda. Bundan taşqari, sudning qayta taşkil etilişi yoki tugatilişi sudyani lavozimidan ozod etiş uçun asos bölmasligi belgilanmoqda;
sud hokimiyatining çinakam mustaqilligini ta’minlaş maqsadida sudlar faoliyatini moliyalaştiriş faqat davlat budjetidan amalga oşirilişini kafolatlovçi yangi modda kiritilmoqda.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi