Özbekistonning mazkur taşkilot a’zoligiga qabul qilinişi Olmaliq kon- metallurgiya kombinati tomonidan 2022 yil dekabr oyida Ingiçka boyitiş fabrikasining birinçi navbati işga tuşirilişi va respublikada ilk marotaba volfram tarkibli texnogen çiqindilarni qayta işlaş texnologiyasi sanoat miqyosida yölga qöyilgani muhim ahamiyat kasb etdi.

Yangi texnologiyaning sanoatga tatbiq etilişi natijasida 2022 yilning avgust oyida Ingiçka konida ilk mahsulot olindi hamda bu mahsulotga xalqaro sertifikat berildi. 2024 yilda esa Ingiçka boyitiş fabrikasining ikkinçi navbati işga tuşirildi.

Bugungi kunda esa ÖzTMK yiliga 300 tonna volfram konsentrati işlab çiqarmoqda.

Xalqaro volfram sanoati assotsiatsiyasi (ITIA) 1988 yilda taşkil etilgan bölib, volfram bozorini örganiş, tartibga soliş monitoringi va ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlaştiriş bilan şuğullanadi.

Xalqaro volfram sanoati assotsiatsiyasi volfram qazib oliş, qayta işlaş va iste’mol bozorlarini çuqur tahlil qiliş, sohaga raqamli va analitik yondaşuvlarni joriy etiş, şuningdek, ilmiy tadqiqotlar va barqaror yeçimlarni ilgari suriş bilan şuğullanadi. Bugungi kunda ITIA Yaponiya, Germaniya, Avstriya kabi texnologik yetakçi davlatlarning yirik kompaniyalari hamda ilmiy markazlarini öz atrofiga birlaştirgan.

Özbekiston texnologik metallar kombinati uşbu taşkilotga qöşiliş orqali jahon volfram sanoatining barqaror iştirokçisiga aylandi. A’zolik esa ÖzTMKga global bozor ma’lumotlari va tahlillaridan foydalaniş, statistik hisobotlarni oliş hamda yirik xalqaro tadbirlarda iştirok etiş imkoniyatini beradi.

Reklama huquqi asosida