15:57 / 21.03.2023
14490

Qariyalar jon saqlayotgan pana joy va frontda dron ovi. Urush suratlari

Ukrainada urushning 390-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • XXR rahbari Si Jinping Moskvaga uch kunlik tashrif bilan keldi. Birinchi kun u Vladimir Putin bilan 4,5 soat davom etgan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvning OAV uchun ochiq qismida Xitoy rahbari rossiyaliklar 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida Putinning «yaxshi tashabbuslari»ni qo‘llashiga ishonch bildirdi.
  • Yevroittifoq Ukrainaga 12 oy ichida million dona artilleriya snaryadlari yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel buni «tarixiy qaror» deb atadi.
  • «Vagner» XHK rahbari Yevgeniy Prigojin mart oyi oxirida — aprel oyi boshlarida Ukraina armiyasi uning yollanma kuchlarini Rossiyaning asosiy kuchlaridan uzib qo‘yish maqsadida «qanotdan kesuvchi zarbalar» berishi haqida aytdi. Prigojin Sergey Shoyguni bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun «barcha zarur choralarni qabul qilish»ga chaqirdi. Shu bilan birga, «Vagner» rahbari uning yollanma jangchilari Baxmut hududining «70 foizga yaqin» qismini nazorat qilayotganini ma’lum qildi. Ukraina tomoni bu ma’lumotga munosabat bildirmadi.
  • Rossiya Tergov qo‘mitasi RF prezidenti Vladimir Putin hamda bolalar ombudsmanini Ukrainadagi bolalarni Rossiyaga zo‘ravonlik bilan deportatsiya qilishda ayblab, hibsga olishga order bergan Haagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS) prokurori Karim Xon va sudyalarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Kun kadri. Orixivdagi boshpana

Orixiv — Zaporijjyadan 60 kilometr janubi-sharqda joylashgan shahar. Oblast markazi kabi bu shahar ham Ukraina qurolli kuchlari nazoratida qolmoqda. Orixiv front chizig‘iga yaqin —  va doimiy ravishda rossiyaliklar zarbalariga duchor bo‘lmoqda. Shunga qaramay shaharda tinch aholi vakillari qolgan — ularning aksari katta yoshli kishilar hisoblanadi. Fotoda raketa zarbalari vaqtida ular boshpanada jon saqlashmoqda. Foto muallifi: Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA

Baxmut atrofidagi janglar

Ukraina qo‘shini Baxmut mudofaasini davom ettirmoqda. «Dushmanning bunday shiddatli hujumlari sharoitida shaharni bir hafta, ko‘pi bilan ikki haftadan ortiq muddat davomida ushlab turishning imkoni bo‘lishiga hech kim ishonmagandi. Ammo minglab askarlarimiz jasorati va qahramonligi, shuningdek generallarimiz va zobitlarimizning oqilona rahbarligi evaziga Baxmut mudofaasi davom etmoqda va imkoniyatlar hali saqlanib qolmoqda», — deya qayd etdi Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar.

Rossiyaning Baxmut yo‘nalishidagi asosiy kuchi bo‘lib qolayotgan «Vagner» XHK rahbari Yevgeniy Prigojin 20 mart kuni uning yollanma jangchilari shahar hududining 70 foiz qismini nazorat qilayotgani va «yurishni to‘liq ozod etishga qadar davom ettirishi»ni ma’lum qildi. Shu bilan birga Prigojin mudofaa vazirligiga yuzlanib, «"Vagner" XHK jangchilari RF armiyasining asosiy kuchlaridan uzib qo‘yilishining oldini olish uchun barcha zarur choralarni qabul qilish»ni iltimos qildi.

RF mudofaa vazirligi Prigojinga javob qaytarmadi va so‘nggi hisobotida bu yo‘nalishdagi vaziyat haqida to‘xtalmadi. Ukraina tomoni ham «Vagner» rahbarining bayonotidagi ma’lumotlarni tasdiqlamagan.

T-64 tankini jangga tayyorlayotgan ukrainalik harbiy
Sergey Shestak / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina kuchlari S-60 zenit qurilmasidan rossiyaliklar pozitsiyalarini o‘qqa tutmoqda
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar droni Ukraina qurolli kuchlari pozitsiyasi ustida
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
RF armiyasi dronini o‘qqa tutayotgan ukrainalik harbiy
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Baxmutdagi yong‘inning qo‘shni Chasiv Yardan ko‘rinishi — Ukraina qurolli kuchlarining asosiy ta’minot yo‘li Chasiv Yar orqali o‘tadi
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

Xarkiv oblastidagi vayrongarchilik 

Tsirkuni qishlog‘ida yashovchi 58 yoshli Volodimir Alipov rossiyaliklarning 2022 yilda amalga oshirgan zarbalari vaqtida vayron bo‘lgan uyi atrofida. Tsirkuni Xarkivdan 13 kilometr masofada joylashgan.
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA

Konstantinovkada suv tarqatilishi

Konstantinovka Donetskdan taxminan 80 kilometr shimolda joylashgan va Ukraina qurolli kuchlari nazoratida qolmoqda. Rossiyaning oblastdagi yurishi davomida Konstantinovka doimiy ravishda RF qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutilmoqda — natijada bu shaharda elektr va ichimlik suvi ta’minotida muammolar yuzaga kelgan. Quyida Konstantinovkadan keta olmaganlar hayoti aks etgan suratlar. 

Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Kiyevda havo trevogasi 

Kiyevda 20 mart kuni e’lon qilingan havo trevogasi vaqtida maktab o‘quvchilari o‘z o‘qituvchisi bilan metroda. Kiyev shahri harbiy ma’muriyatiga ko‘ra, ukrain harbiylari poytaxtdan shimolroqda rossiyaliklar dronini urib tushirgan.
Roman Pilipey / Getty Images

Front chizig‘idan suratlar

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top