Xitoy yetakçisi samolyoti 20 mart kunining ikkinçi yarmida Moskvadagi «Vnukovo–2» aeroportiga qöndi. Asosiy muzokaralar seşanba kuniga belgilangandi, duşanba kuni esa davlat raharlari norasmiy suhbat ötkazişdi va bu 4,5 soat davom etdi.

Suhbatning matbuot uçun oçiq qismida Vladimir Putin xitoylik hamkasbini XXR raisligiga qayta saylangani munosabati bilan tabrikladi.

Si Jinping esa öz navbatida Rossiya fuqarolari 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida Putin nomzodini qöllaşiga işonç bildirdi. Keyinroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga Si Jinping Putinning 2024 yilgi saylovlardagi iştiroki haqida emas, faqat Putinning Rossiya aholisi tomonidan qöllab-quvvatlanişi töğrisida gapirganini aytdi.

Bundan taşqari, suhbatning oçiq qismida Vladimir Putin Rossiya Xitoyning Ukrainada tinçlik örnatiş böyiça taşabbusiga «hurmat bilan qaraşi» va Xitoy rejasini «diqqat bilan örganib çiqqani»ni aytgan.

Ğarb mamlakatlari bu rejaga skeptik yondaşib, Pekin odatda Kremlning pozitsiyasi va qarorlarini qöllaşga moyil ekanini ta’kidlaşgan.

Taşrif rafasida Xitoydagi «Jenmin jibao» gazetasida Putinning maqolasi e’lon qilingandi. «Rossiyskaya gazeta»da esa Si Jinpingning maqolasi çiqdi. Ikki siyosatçi ham nafaqat Moskva va Pekin hamkorligi töğrisida, balki Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi töğrisida ham yozgan.

«Ukraina inqirozidan oqilona çiqiş»

«Ötgan yil boşidan buyon Ukraina inqirozi total keskinlaşuvi kuzatilmoqda», - deya ta’kidlaydi XXR raisi va avvalroq tinçlik böyiça takliflarini bayon qilganini eslatadi.

Boşqa narsalar qatori Si Jinping «barça davlatlarning xavfsizlik sohasidagi mantiqiy xavotirlari hurmat qiliş»ga çaqiradi, bu esa Moskva va Putinning Ukrainaga bosqinni oqlaş uçun keltiradigan bayonotlariga töla mos keladi.

«Işonçimiz komilki, agar barça umumiy, yaxlit va barqaror xavfsizlik konsepsiyasiga amal qilsa, Ukraina inqirozidan oqilona çiqiş va dunyoda mustahkam tinçlik va umumiy xavfsizlik tomon yöl topiladi», deya yozadi Xitoy rahbari.