Yevropa Ittifoqi davlatlari yaqin 12 oy içida bir yildan ortiq vaqt davomida Rossiyaning keng kölamli bosqinidan özini himoya qilib kelayotgan Ukrainaga bir million yangi artilleriya snaryadlarini yetkazib beriş niyatida. Bu haqda 20 mart, duşanba kuni Yevropa Ittifoqi taşqi işlar vazirlarining Bryusseldagi yiğilişida iştirok etayotgan bir neça diplomatlarga tayanib, dpa agentligi xabar berdi.
Öz navbatida, AFP öz manbalariga tayanib, Yevroittifoq kengaşi yiğilişida Ukraina uçun 2 milliard yevroga öq-dorilar sotib oliş rejasi kelişilganini yozadi. Agentlikning ta’kidlaşiça, Yevropa Ittifoqi davlatlari snaryadlarni birgalikda yetkazib beriş böyiça prinsipial ravişda kelişib oldilar.
Yiğiliş boşlanişidan avval Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel Ukraina uçun öq-dorilarni birgalikda sotib oliş böyiça kelişuvga erişişga umid bildirgandi. «Umid qilamanki, taşqi işlar va mudofaa vazirlari birgalikda Ukrainani öq-dorilar bilan ta’minlaş böyiça kelişuv tayyorlaşni yakunlaydilar», — dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari muzokaralar oldidan jurnalistlarga. Kelişuvlarga erişilmasa, Yevropa Ittifoqi qiyin ahvolga tuşib qoladi va Kiyevga qurol yetkazib berişda qiyinçiliklarga duç keladi, deya ogohlantirdi Borrel.
20 mart kuni Yevropa Ittifoqi vazirlari Ukrainani artilleriya snaryadlari bilan ta’minlaş, öz zaxiralarini töldiriş va Yevropa mudofaa sanoatini mustahkamlaş rejasi böyiça tayyorgarlik jarayonini yakunlaşga harakat qilmoqda. Uçraşuvda Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba iştirok etmoqda. Yevropa Ittifoqining maqsadi bu yil Ukrainaga 1 million 155 millimetrli artilleriya snaryadlarini yuboriş. Jozep Borrel Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarni öz zaxiralaridan snaryadlar bilan ta’minlaşga undaş uçun 1 milliard yevro ajratiş taklifi ma’qullanişiga erişmoqçi. Yana 1 milliard yevro yangi buyurtmalarni tezlaştiriş va davlatlarni Yevropa mudofaa agentligi orqali yoki kiçik guruhlarda xaridlar böyiça birgalikda işlaşga undaş uçun işlatiladi. Germaniya bu yönalişdagi sa’y-harakatlarini birlaştirişga çaqirdi.
Yiğilişda Yevropa mudofaa sanoatini uzoq muddatda işlab çiqarişni oşirişi uçun qöllab-quvvatlaş masalasi ham muhokama qilinadi. Bryussel rasmiylari, agar reja tasdiqlansa, qöşma buyurtmalar may oyigaça topşirilişi mumkinligini aytdi.

















