14:55 / 23.03.2023
18809

Ukraina hududlariga zarbalar va Baxmutga kelgan Zelenskiy. Urush suratlari

Ukrainada urushning 392-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • 22 martga o‘tar kechasi Rossiya Ukrainaga Eron dronlari bilan hujum qildi. Kiyev oblastida to‘qqiz kishi halok bo‘lib, 20 dan ortiq kishi yaralangan.
  • 22 mart kuni kunduzi Zaporijjya shahridagi ko‘p qavatli uyga ikki raketa kelib urildi. Tinch aholi vakillaridan biri kishi halok bo‘lib, 34 kishi jabrlangan.
  • Jahon bank harbiy harakatlardan keyin Ukrainani tiklashga ketadigan xarajatlarni qayta hisob-kitob qilib chiqdi. Endi bu miqdor 411 milliard dollarni tashkil etmoqda. 2022 yil sentabrida tiklash xarajatlari 349 milliard dollarga baholangan edi.
  • Volodimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlarining Baxmut atrofidagi va Xarkiv oblasti hududidagi pozitsiyalariga tashrif buyurdi. U Ukraina qo‘mondonligi hisobotini tingladi va harbiylarga mukofotlar topshirdi.
  • Rossiya sudlari urush boshlanganidan beri so‘roqsiz harbiy xizmat joyini tashlab ketish, buyruqlarni bajarmaslik, dezertirlik va safarbarlik davrida qat’iylashtirilgan boshqa moddalar bo‘yicha 247 ta ishda hukm chiqargan.

Kunning asosiy voqeasi. Kiyev oblasti va Zaporijjyaga zarbalar

22 martga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Ukraina hududi bo‘ylab Eron ishlab chiqargan «Shahed-136» dronlari orqali yoppasiga hujum uyushtirdi. Kiyev oblastida to‘qqiz kishi halok bo‘lib, 20 dan ortiq kishi yaralangan. Fuqarolik obekti shikastlangan — bu aynan qanday bino bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan.

22 mart kuni kunduzi Ukraina nazoratidagi Zaporijjya shahrida rossiyaliklarning ikki raketasi to‘qqiz qavatli uyga kelib urildi. 34 kishi tan jarohati olgan, ularning 29 nafari shifoxonaga yotqizilgan. Bir kishi shifoxonada vafot etgan.

Kiyevdan 65 kilometr janubda joylashgan Rjishchev shahrida rossiyaliklar raketa zarbasi oqibatlari
Roman Pilipey / Getty Images
Rjishchevda yashovchi Oleksandr va Vera Shelest shifoxonada
Ivan Lyubysh-Kirdey / Reuters / Scanpix / LETA
Qutqaruvchilar Rjishchevda rossiyaliklar raketasidan vayron bo‘lgan binodan jasad olib chiqishmoqda
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Zaporijjyada zarbalardan shikastlangan turar joy binolari
Reuters / Scanpix / LETA
Zaporijjyada rossiyaliklar raketalari kelib tushgan uy yaqinidagi aholi vakillari
Arsen Dzodzaiev / EPA / Scanpix / LETA

Volodimir Zelenskiyning Donetsk va Xarkiv oblastlariga tashrifi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlarining Baxmut yo‘nalishidagi pozitsiyasiga, shuningdek Xarkiv oblastiga tashrif buyurdi. U Ukraina qo‘mondonligining frontdagi operativ vaziyat va harbiy harakatlar borishi to‘g‘risidagi hisobotini tingladi, shuningdek harbiylarni taqdirladi.

Bundan tashqari, prezident ukrainalik yarador askarlar davolanayotgan harbiy hospitalda bo‘ldi. Bu yerda ham u harbiy xizmatchilarni ordenlar bilan taqdirladi va ularga professionallik uchun minnatdorchilik bildirdi.

Ukraina qurolli kuchlari qo‘mondonligi Volodimir Zelenskiyning Xarkiv oblastiga tashrifi vaqtida hisobot berishga hozirlanmoqda. Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Zelenskiy Xarkiv oblastidagi harbiy hospitalda yarador harbiyni mukofotlamoqda
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina qurolli kuchlari jangchilari Baxmut atrofidagi pozitsiyada Volodimir Zelenskiyni qarshiladi
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati / EPA / Scanpix / LETA
Zelenskiy Baxmut atrofida jang qilayotgan ukrainalik harbiy xizmatchini bag‘riga bosmoqda
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Baxmut atrofidagi janglar

Rossiya qo‘shini Baxmutga yurish sur’atlarini pasaytirdi — bu haqda Amerikadagi Urushlarni o‘rganish instituti (ISW), Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi hamda Ukraina qurolli kuchlari quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy ma’lum qilgan. ISW va britan razvedkasi qayd etishicha, RF armiyasi boshqa yo‘nalishlarda, xususan Doneks yaqinida Ukraina nazoratida qolayotgan Avdiyivka shahriga yurishni faollashtirmoqda. Sirskiyning hisoblashicha, Rossiya qo‘shini «bazo‘r nafas olmoqda» va Ukraina qurolli kuchlari «tez orada bu imkoniyatdan foydalanadi, xuddi o‘z vaqtida Kiyev, Xarkiv, Balakliya va Kupyanskda bo‘lgani kabi».RF mudofaa vazirligi Baxmut yo‘nalishidagi vaziyat yuzasidan izoh bermadi.

Quyida Ukraina armiyasining oldingi chiziqdagi pozitsiyalari aks etgan suratlar.

Libkos / AP / Scanpix / LETA
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Baxmutdan 13 kilometr masofadagi Chasiv Yar shahri uzra ko‘tarilgan tutun
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

Donbassdagi front chizig‘ida yarador ukrain askarlar

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top