Bu Ukrainaning 2022 yilga möljallangan yalpi içki mahsulotidan 2,6 baravar köpdir. Ötgan yilning sentabr oyida tiklaniş qiymati 349 milliard dollarga baholangan edi.

Avvalroq Ukraina va Xalqaro valuta jamğarmasi 15,6 milliard dollarlik (taxminan 14,5 milliard yevro) yangi moliyalaştiriş paketi böyiça kelişib olgandi. 

Qöllab-quvvatlaş dasturi tört yilga möljallangan, mablağlar uruşdan keyingi tiklaniş şaroitida Ukraina iqtisodiyotining bosqiçma-bosqiç ösişiga hissa qöşişi kerak, deyiladi XVJ 21 mart kuni e’lon qilgan bayonotda.

Bayonotda aytilişiça, hali XVJ ijro etuvçi kengaşi tomonidan tasdiqlanmagan kredit paketi Ukrainani Yevropa Ittifoqiga a’zolik yölida qöllab-quvvatlaydi.