«Rossiyaliklar Zaporijjyani öqqa tutişdi. Turar joy binosi, şuningdek Xortitsa oroli duşman zarbasi ostida qoldi», deya yozgan Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak öz telegram-kanalida.

Mahalliy naşrlar va telegram-kanallar zarba videosi va fotolarni tarqatişgan, bu kadrlarda töqqiz qavatli uyda çiqqan yonğin va vayrongarçiliklarni köriş mumkin. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham kuçli portlaş videosini namoyiş etgan.

«Zaporijjya. Hozirgina rossiyaliklar raketasi köp qavatli uyga kelib urildi. Rossiya şaharni vahşiylarça öqqa tutdi. Oddiy odamlar, bolalar yaşaydigan turar joylar kvartaliga töğridan töğri zarba berildi. Terrorçi mamlakat bizning şaharlarimiz, bizning davlatimiz, bizning odamlarimizni yöq qilmoqçi. «Ukrainada, Yevropa yoki dunyoning boşqa joylarida «şunçaki oddiy kun» bölib qolmasligi kerak», degan Zelenskiy.

Zaporijjya oblasti harbiy ma’muriyati rossiyaliklarning ikkita raketasi köp qavatli turar joy binosiga urilganini xabar qilib, buni köp ming kişi istiqomat qiladigan şaharda amalga oşirilgan navbatdagi harbiy jinoyat deb atagan. Ukraina hukumati atrofda heç qanday harbiy nişon bölmaganini qayd etgan.

Zaporijjya şahar kengaşi kotibi Anatoliy Kurtevning aniqlik kiritişiça, zarbadan bir emas, ikki bino şikastlangan. Hovlidan turib olingan fotolarda ham ikki binoda zarba oqibatlarini köriş mumkin.

Kurtevning xabar qilişiça, bir kişi halok bölgan, 25 kişi şifoxonaga yotqizilgan, ulardan uç nafari oğir ahvolda. Uning ma’lumotiga köra, jabrlanganlardan ikki nafari yetti va töqqiz yoşli bolalar.

Rossiya mudofaa vazirligi hozirça Zaporijjyadagi turar joy binosiga rossiyaliklar raketasi urilgani yuzasidan izoh bermadi. Zaporijjya oblastining bir qismi ötgan yili bosib olingan, lekin oblast markazi Ukraina nazoratida qolgan.

BBC News Ukraina muxbiri Oleg Pritikin töqqiz qavatli binoga katta ehtimol bilan S-300 raketasi urilgan degan fikrda. Ukraina havo hujumidan mudofaa kuçlari amalda S-300 raketalarini urib tuşirişga qodir emas.