Ukrainada uruş boşlanganidan beri Rossiya garnizon sudlari söroqsiz harbiy xizmat joyini taşlab ketiş, buyruqlarni bajarmaslik, dezertirlik va safarbarlik davrida qat’iylaştirilgan boşqa moddalar böyiça 247 ta işda hukm çiqardi. Bu haqda 22 mart, çorşanba kuni «Mediazona» xabar bermoqda.
Sud statistikasini örgangan jurnalistlarning ma’lumotlariga köra, Rossiya garnizon sudlariga jami 536 ta şunday iş kelib tuşgan va ularning soni har oy ösib bormoqda.
Eng keng tarqalgan ayblov - söroqsiz harbiy xizmat joyini taşlab ketiş («samovolka»). Sudga şu kabi 471 ta iş kelib tuşgan, deya xabar berdi naşr. Şu bilan birga, köplab harbiylarga şartli qamoq jazosi berilyapti, bu esa ularni frontga qaytariş imkonini yaratadi, deb yozadi «Mediazona».
2022 yil sentabr oyining oxirida Rossiya Jinoyat kodeksining harbiy qismidagi moddalar safarbarlik yoki harbiy harakatlar davrida sodir etilgan jinoyatlar böyiça yangi qismlar bilan töldirildi. «Mediazona» ma’lumotlariga köra, yangi moddalar böyiça jarayonlar 2022 yil noyabr oyida boşlangan.
21 mart kuni huquq himoyaçisi Pavel Çikov ommaviy axborot vositalari materiallariga tayanib, Rossiya Oliy sudi yaqin orada harbiy jinoyatlar böyiça öz amaliyotini özgartirişini taxmin qildi. Xususan, harbiy qismni özboşimçalik bilan taşlab ketganlik va harbiy xizmatçi ikki kundan kam vaqt davomida bölinmada bölmagan hollarda jinoyat işi qözğatilişi mumkin böladi, dedi u.














