14:59 / 24.03.2023
16003

Xandaqlarda turgan va oilasi bilan uchrashayotgan askarlar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 393-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Yevgeniy Prigojin «Vagner» XHKning Ukrainadagi faoliyatini qisqartirib, yana asosiy e’tiborini Afrikaga qaratmoqchi, deya xabar berdi Bloomberg o‘z manbasiga tayanib. Nashrga ko‘ra, Prigojin RF mudofaa vazirligi kompaniyani mahbuslarni yollash imkoniyatidan mahrum etgani va o‘q-dori yetkazib berishni cheklagani tufayli shunday qarorga kelgan.
  • Ukraina Bosh shtabi rossiyaliklar Xerson oblastining Novaya Kaxovka shahrini tark etganini xabar qildi — ammo keyinroq aslida bunday bo‘lmaganini bildirib, «mavjud ma’lumotlardan noto‘g‘ri foydalanilgani»ni tan oldi.
  • Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning kanselyariyasi rahbari Gergey Guyyash Putin mamlakatga keladigan taqdirda xalqaro order bo‘yicha hibsga olinmasligini ma’lum qildi.
  • Slovakiya Ukrainaga va’da qilingan 13 ta MiG-29 qiruvchisidan 4 tasini yubordi. Qolgan samolyotlarni Ukraina qurolli kuchlari yaqin haftalarda qabul qiladi. Shuningdek, Polsha ham o‘z MiG-29 samolyotlarini Ukrainaga yetkazib berishni va’da qilgan.

Zaporijjya oblasti o‘qqa tutilishi oqibatlari

Rossiya qo‘shinining asosiy kuchlari Donbassda yurish qilayotgan mahalda boshqa qismlar Zaporijjya oblastida jangga kirishgan — va muntazam ravishda hududdagi shahar hamda qishloqlarni o‘qqa tutmoqda. Xususan, 19 mart kuni oblast harbiy ma’muriyati 17 ta aholi yashash manzili o‘qqa tutilganini xabar qilgan, 22 mart kuni esa Ukrainaning bir necha oblastiga yoppasiga zarbalar berilganida Zaporijjya shahrida rossiyaliklar raketasi to‘qqiz qavatli uyga kelib urilgandi — tinch aholi vakillaridan bir kishi halok bo‘lib, 34 kishi yaralangan.

Zaporijjyadan 55 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan Preobrajyenka shahrida rossiyaliklarning portlamay qolgan FAB-500 aviabombasini olib ketayotgan qutqaruvchilar.
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA
Zaporijjyada 22 mart kuni zarbaga uchragan ko‘p qavatli uyning yuqoridan ko‘rinishi
Yan Dobronosov / Global Images Ukraine / Getty Images

Baxmut atrofidagi xandaqlarda turgan askarlar

Donetsk oblastida Baxmut uchun faol janglar davom etmoqda. Ukraina qurolli kuchlari quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy ukrain armiyasi bu yo‘nalishda tez orada yurish boshlashi mumkinligini aytdi — aynan qachonligiga aniqlik kiritilmadi. 22 mart kuni Ukraina armiyasining Baxmut atrofidagi pozitsiyalariga prezident Volodimir Zelenskiy tashrif buyurgandi: u Ukraina qo‘mondonligi hisobotini tinglagan, shuningdek askarlarni mukofotlab, ularga xizmat uchun minnatdorchilik bildirgan.

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Donbass vokzallaridagi ukrain askarlari va ularning rafiqalari 

Ukrainalik askarlar yaqinlari bilan xayrlashmoqda. Bu surat aynan qayerda olingani ma’lum qilinmagan.
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukraina qurolli kuchlari jangchisi Kramatorsk vokzalida qo‘lda gul bilan rafiqasini kutmoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik jangchi vokzalda rafiqasi bilan. Bu kadr aynan qayerda olinganiga aniqlik kiritilmagan
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainalik harbiy Kramatorsk vokzalida rafiqasi bilan ko‘rishmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Lvivdagi ukrainalik askarlar protez bilan muomala qilishni o‘rganishmoqda

Jangda qo‘llaridan ayrilgan ukrain harbiylari Lvivdagi «Bukilmas» nomli milliy reabilitatsiya markazida protezlarni qo‘llash bo‘yicha seminar vaqtida salomlashishmoqda. Markaz faoliyati yo‘nalishlari qatorida — rekonstruktiv jarrohlik, ortopediya va protezlash, shuningdek jismoniy va ruhiy reabilitatsiya yo‘nalishlari bor. Barcha tibbiy yordamlar bepul. Markaz saytida aytilishicha, urush boshlanganidan buyon bu yerda 11 ming ukrainalik davolangan, shundan 350 nafari bolalar.
Yuriy Dyachyshyn / AFP / Scanpix / LETA
Oyog‘ini yo‘qotgan ukrain jangchisi
Yuriy Dyachyshyn / AFP / Scanpix / LETA
Protez ustasi Anton Gaydash protezlarni qo‘llash bo‘yicha seminar vaqtida oyog‘idan ayrilgan ukrain harbiysi Ilya bilan ishlamoqda.
Yuriy Dyachyshyn / AFP / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top