Ukrainada uruşning 392-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- 22 martga ötar keçasi Rossiya Ukrainaga Eron dronlari bilan hujum qildi. Kiyev oblastida töqqiz kişi halok bölib, 20 dan ortiq kişi yaralangan.
- 22 mart kuni kunduzi Zaporijjya şahridagi köp qavatli uyga ikki raketa kelib urildi. Tinç aholi vakillaridan biri kişi halok bölib, 34 kişi jabrlangan.
- Jahon bank harbiy harakatlardan keyin Ukrainani tiklaşga ketadigan xarajatlarni qayta hisob-kitob qilib çiqdi. Endi bu miqdor 411 milliard dollarni taşkil etmoqda. 2022 yil sentabrida tiklaş xarajatlari 349 milliard dollarga baholangan edi.
- Volodimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuçlarining Baxmut atrofidagi va Xarkiv oblasti hududidagi pozitsiyalariga taşrif buyurdi. U Ukraina qömondonligi hisobotini tingladi va harbiylarga mukofotlar topşirdi.
- Rossiya sudlari uruş boşlanganidan beri söroqsiz harbiy xizmat joyini taşlab ketiş, buyruqlarni bajarmaslik, dezertirlik va safarbarlik davrida qat’iylaştirilgan boşqa moddalar böyiça 247 ta işda hukm çiqargan.
Kunning asosiy voqeasi. Kiyev oblasti va Zaporijjyaga zarbalar
22 martga ötar keçasi Rossiya qöşini Ukraina hududi böylab Eron işlab çiqargan «Shahed-136» dronlari orqali yoppasiga hujum uyuştirdi. Kiyev oblastida töqqiz kişi halok bölib, 20 dan ortiq kişi yaralangan. Fuqarolik obekti şikastlangan — bu aynan qanday bino bölganiga aniqlik kiritilmagan.
22 mart kuni kunduzi Ukraina nazoratidagi Zaporijjya şahrida rossiyaliklarning ikki raketasi töqqiz qavatli uyga kelib urildi. 34 kişi tan jarohati olgan, ularning 29 nafari şifoxonaga yotqizilgan. Bir kişi şifoxonada vafot etgan.

































