21:39 / 30.12.2016
13973

Kechki dayjest: 30 dekabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 30 dekabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

O‘zbekistonda “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni ta'sis etiladi

Illyustrativ foto

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. >>> Batafsil.

O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasiga yangi rais tayinlandi

Foto: UzReport

30 dekabr kuni O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasining navbatdan tashqari anjumani bo‘lib o‘tdi. >>> Batafsil.

Soliq tekshiruvlari tartibiga o‘zgarishlar kiritildi

Foto: Fotolia

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining 2016 yil 29 dekabridagi "Tadbirkorlik faoliyatining tezkorlik bilan rivojlanishini ta'minlash, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilish hamda ishbilarmonlik muhitini sifatli takomillashtirish maqsadida qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ba'zi qonunchilik hujjatlariga o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi 418-sonli qonuniga muvofiq mamlakatning Soliq kodeksiga soliq teshiruvlarini o‘tkazish tartibiga doir o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritildi. >>> Batafsil.

Obama Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi

Foto: © AFP

AQSh prezidenti Barak Obama Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritish haqidagi farmonni imzoladi. >>> Batafsil.

Isroil startap-vizalar berishini e'lon qildi

Isroil innovatsiyalar boshqarmasi "Innovatsion vizalar" dasturi boshlanishini e'lon qildi. Bu dastur tadbirkorlarga Isroilda yashash va loyihaning moliyaviy ko‘magini olishga imkon beradi. >>> Batafsil.

Rossiyalik diplomatlarga AQShni tark etish sharti qo‘yildi

Rossiyalik diplomatlarga AQShni tark etish uchun 72 soat beriladi, deb ma'lum qildi Reuters axborot agentligi. >>> Batafsil.

Rossiya AQSh sanksiyalariga qarshi ilk javob chorasini qo‘lladi

Rossiya hukumati Moskva shahridagi ingliz-amerika maktabini yopishga qaror qildi. Buni AQSh sanksiyalariga Rossiya tomonining javob qadami deb hisoblash mumkin. >>> Batafsil.

Bashar Asad Suriyadagi urush qachon tugashini aytdi

Arxiv surat

Suriya prezidenti Bashar Asad mamlakatdagi urush barcha terrorchilar yo‘q qilinmagunga qadar to‘xtamasligini ma'lum qildi. >>> Batafsil.

Gretsiyaning Braziliyadagi elchisi o‘z avtomobilida o‘lik holatda topildi

Rio-de-Janeyro politsiyasi Gretsiyaning mamlakatdagi elchisi Kiriakos Amiridisning jasadini topilganini ma'lum qildi. >>> Batafsil.

Olimlar 2016 yilni bir soniyaga uzaytirishmoqchi

Foto: Fotolia

Yer aylanishi Xalqaro xizmati mutaxassislari (IERS) 2016 yil 31 dekabrining so‘nggi daqiqasiga qo‘shimcha soniya qo‘shishadi. >>> Batafsil.

Karyakin shaxmatning blits yo‘nalishi bo‘yicha chempionatda Karlsen ustidan g‘alaba qozondi

Foto: RIA

Rossiyalik shaxmat ustasi Sergey Karyakin shaxmatning blits yo‘nalishi bo‘yicha chempionatning 5-turida norvegiyalik Magnus Karlsen ustidan g‘alaba qozondi. >>> Batafsil.

Video: Ronaldu va Xames superkarlarida poyga uyushtirdi

Krishtianu Ronaldu futbol maydonidagidan farqli ravishda trassada u qadar tezkor emasligi ma'lum bo‘ldi. >>> Batafsil.

Odil Ahmedov rasman yangi jamoaga o‘tdi

«Krasnodar» futbol klubi yarim himoyachisi o‘zbekistonlik Odil Ahmedov Xitoyning “Shanxay SIPG” klubiga o‘tdi. >>> Batafsil.

Top