Yunusobodda niqob taqqan holda daraxt kesgan shaxslar 5 sutkaga qamaldi

Foto: Bosh prokuratura axborot xizmati
Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi maktab yonida 16 aprelga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar tomonidan 1 tup safora daraxti davlat raqami bo‘lmagan ekskavator yordamida ildizi bilan qo‘porib tashlangandi.
Bosh prokuratura axborot xizmati huquqbuzarlarning shaxsi to‘liq aniqlanib, tegishli protsessual chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ma’lum qilgan edi.
Sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzarlar D.E. va A.A. Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 183-moddasi va 79-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilgan. Aybdor D.E. ga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi va 8 million 500 ming so‘m jarima jazosi tayinlangan. A.A.ga esa 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi va 17 million so‘m jarima belgilangan.
Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, huquqbuzarlar D.E. va A.A. dan Vazirlar Mahkamasining 464-sonli qarori 4-ilovasiga binoan o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun 27 million 880 ming so‘m undirib olingan.
Tag qismi bilan olib tashlangan safora tegishli soha mutaxassislari hamda tuman ekologiya bo‘limi mas’ullari tomonidan agrotexnik qoidalar va metodlarga asoslangan holda ishlov berilib, biologik o‘g‘itlar bilan to‘yintirilgan tuproq qoplamasi yotqizilgan holda o‘z o‘rniga qayta ekilgan.
Tavsiya etamiz
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
O‘sishdan to‘xtashi mumkin - mutaxassis bolalarda uyqu yetishmasligi oqibatlaridan ogohlantirdi
Jahon | 13:12 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«PSJ» egalari yana bir klubni sotib olmoqchi
Sport | 01:40
-
The Atlantic Tramp jamoasining Yamanga hujumni muhokama qilgan chatiga oid yangi skrinshotlarni e’lon qildi
Jahon | 00:46
-
Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas O‘zbekistonga keladi
Jahon | 23:50 / 26.03.2025
-
Alyaskada samolyot muzlagan ko‘l ustiga quladi. Uning ichida bo‘lgan oila 12 soatdan keyin qutqarildi
Jahon | 23:36 / 26.03.2025
Mavzuga oid

09:43 / 21.02.2025
2 tup daraxt kesgan fuqaro 223 ta ko‘chat ekib berdi

21:37 / 20.02.2025
“Cho‘llashtirish avjida” - Buxoroda 1800 dan ortiq daraxt ko‘chirilayotgani tanqidlarga sabab bo‘lmoqda

10:05 / 19.02.2025
Shaxsan hokim bosh-qosh: Quvasoyda 300 ga yaqin daraxt qo‘porib tashlandi

16:50 / 18.02.2025