AQŞ hukumatining yuqori martabali amaldorlari Yamandagi husiylarga zarbalar berilişidan oldin Signal messenjerida hujumni muhokama qilganiga oid yangi skrinşotlar e’lon qilindi. The Atlantic boş muharriri Jyeffri Goldberg uşbu çatga tasodifan qöşilib qolgan edi.

E’lon qilingan yangi skrinşotlarga köra, Pentagon rahbari Pit Xegset Amerikaning F-18 qiruvçi samolyotlari missiya boşlanişidan 31 daqiqa hamda rejalaştirilgan nişon yakson qilinişidan ikki soat oldin havoga kötarilgani haqida xabar yuborgan.

Keyinroq milliy xavfsizlik böyiça maslahatçi Mayk Uols çatda hujum natijalari haqida batafsil ma’lumot bergan. «Birinçi nişon — ularning raketalar böyiça boş mutaxassisi — u özining sevgilisi yaşaydigan binoga kirganini aniqladik va u qulab tuşdi», — deyiladi skrinşotda.

Foto: The Atlantic
Foto: The Atlantic
Foto: The Atlantic
Foto: The Atlantic

Öz navbatida Xegset quyidagi mazmundagi xabarni yuborgan: «Ajoyib iş, böldi. Bugun keçqurun yana bir neçta zarba, ertaga töliq hisobot böladi. Hozirça hammasi reja böyiça, nişonlarga aniq zarbalar berilmoqda va hozirça hammasi yaxşi».

The Atlantic’ning qayd etişiça, Goldbergning uşbu çatga nima sababdan qöşilib qolgani hanuz noma’lumligiça qolmoqda.

Goldberg 24 mart kuni tasodifan AQŞning husiylarga qarşi operatsiyaga oid rejalari muhokama qilingan çatga qöşilib qolganini ma’lum qilgandi