Qarzdorlarning MIB tomonidan qo‘lga kiritilgan mol-mulki elektron auksion orqali sotiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»ga qarori qabul qilindi.
Qaror matniga ko‘ra, ijro ishi yuritishni amalga oshirishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha auksion savdolarining qonuniyligi, shaffofligi va xolisligini ta'minlash, narx-navo manipulyatsiyasi va boshqa suiiste'molchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularning oldini olish, shuningdek, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari so‘zsiz ijro etilishini ta'minlash maqsadida 2017 yil 1 sentabrdan boshlab:
- sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha auksion savdolari faqatgina «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasida elektron onlayn-auksionlar shaklida o‘tkaziladi;
- elektron onlayn-auksionlar ularda Internet tarmog‘i orqali ishtirok etish imkonini beradigan hamda buyurtmalarni qabul qilish va g‘olibni aniqlash tartib-taomillariga aralashuvni istisno etadigan maxsus dasturiy mahsulotdan foydalanilgan holda o‘tkaziladi;
MIB huzuridagi «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi» davlat unitar korxonasini tashkil etiladi. Ushbu markazning asosiy vazifalari:
- sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish;
- mol-mulkni elektron onlayn-auksionlarda realizatsiya qilish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha axborot va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish;
- fuqarolarni elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish tartibi, shuningdek, savdoga qo‘yilgan mol-mulk haqida keng xabardor qilish;
- elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish uchun elektron raqamli imzo kalitlarining sertifikatlarini berish;
- mol-mulkni saqlash, tashish, saqlab turish va savdoga tayyorlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish dan iborat bo‘ladi
Bosh prokuratura huzuridagi majburiy ijro byurosi Markazning muassisi (mulkdori) hisoblanadi;
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy YeIdan tibbiy uskunalar importiga cheklov joriy etdi
Jahon | 18:52
-
Yevropa grandlari bu forvardlar uchun navbatda. Kim qayerga o‘tadi?
Sport | 18:38
-
AQShda qullikni bekor qilish haqidagi hujjat 13,7 mln dollarga sotildi
Jahon | 17:41
-
Rossiya «Tolibon»ni tan oldi, Tramp Putindan xafa – hafta dayjesti
Jahon | 17:13
Mavzuga oid

08:22 / 06.08.2021
Elektron onlayn-auksionlarni o‘tkazish tartibi soddalashtirildi

13:32 / 23.02.2021
«E-ijro auksion»lari qanday tartibda o‘tkaziladi?

20:12 / 16.10.2019
«E-IJRO AUKSION»da davlat ko‘chmas mulk obektlarini sotish tartibi tadbirkorga qanday yengillik taqdim etdi?

00:32 / 21.04.2018