Yevropa grandlari bu forvardlar uçun navbatda. Kim qayerga ötadi?
|23:38 / 06.07.20259 21116 min
«Arsenal», «Liverpul», «MYu», «Yuventus», «Napoli» va köplab boşqa jamoalar yozda tarkibni kuçaytirib oliş uçun ovga çiqqan.
Foto Global Look PressFoto Global Look Press
Kuçli forvardlar – transfer bozoridagi eng köp qiziqişlarga sabab böluvçi «mahsulot». Bu yozda köplab şov-şuvli transferlar amalga oşirilişi kutilmoqda. Quyida top-klublar örtasida kuçli raqobat keltirib çiqarayotgan hujumçilar haqida ma’lumotlar jamlandi. «Çelsi» allaqaçon Liam Delap bilan hujum çiziğini mustahkamladi, Jonatan Devid erkin agent sifatida «Yuventus»ga borib qöşildi. Endi navbatda kimlar?
Aleksander Isak, 25 yoş («Nyukasl»)
2024/2025 yillar mavsumidagi statistikasi: 42 öyinda 27+6 Transfer qiymati: 120 mln yevro Da’vogarlar: «Liverpul», «Arsenal»
2022 yil yozida «Nyukasl» Isak uçun «Real Sosiyedad»ga 70 mln yevro tölaganida, bu keragidan ortiq mablağdek köringandi. Öşanda uning oldingi mavsumdagi körsatkiçlari yuqori emas, La Liganing 17 öyinida oltitagina gol urgandi. Yakunda esa «qarğalar»ning tanlovi özini oqladi. Şvetsiyalik hujumçi jamoa uçun 109 öyinda 62 gol va 11 golli pas amalga oşirdi. APLning yakunlangan mavsumida undan köproq golni faqat Saloh urdi (29 ga qarşi 23). FourFourTwo portali Aleksanderni jahonning eng kuçli forvardlari reytingida törtinçi öringa qöygan: Mbappe, Levandovski va Dembeledan keyin. Va endi Isak yanada kattaroq jamoaga ötişga tayyor.
The Telegraph uşbu hujumçi «Liverpul»ning asosiy nişoni ekani haqida yozgan. «Liverpul» allaqaçon Jyeremi Frimpong, Miloş Kerkez va yarimhimoyaçi Florian Virsni sotib oldi, bu futbolçilar uçun jami 200 million yevrodan köproq mablağ sarflandi. Ammo transfer maşinasi töxtamoqçi emas. The Athletic ham mersisaydliklar Isakka qiziqişini yöqotmagani haqida yozgan.
Asosiy muammo – narxda. «Nyukasl» şved hujumçisini 150 million yevrodan kamiga sotmasligi ma’lum qilingan. Qolaversa, jamoa yangi mavsumda Çempionlar ligasida iştirok etişi futbolçini ham qoniqtiradi.
Jurnalist Ben Jyeykobs Florian Virs katta mablağga xarid qilingani qizillar uçun tösiq böla olmasligini bildirgan: «Ular bir yoz içida ikkinçi marta Buyuk Britaniyaning transfer rekordini yangilaşga tayyor va agar Isakni olişning imkoni bölsa, uni sotib olişga qat’iy qaror qilişgan – hatto rekord narxga ham».
Avvalroq boşqa bir insayder Devid Ornşteyn Isakka «Çelsi», «Barselona» va «Arsenal» ham qiziqayotgani haqida xabar qilgandi. Kataloniyaliklar moliyaviy muammolari tufayli bunday katta xaridni öziga ep köra olişi dargumon. «Köklar» esa allaqaçon Delapni sotib olişdi, Jyekson ham heç qayerga ketmoqçi emas. «Kanonirlar»ga esa Isakdek hujumçi juda zarur. Ammo jamoada boşqa variantlar ham bor.
Mavzuga oid
Viktor Dyokereş, 27 yoş («Sporting»)
2024/2025 yillar mavsumidagi statistikasi: 52 öyinda 54+13 Transfer qiymati: 100 mln yevro Da’vogarlar: «Arsenal», «Yuventus», «Mançester Yunayted»
Dyokereş Portugaliya çempionatida şov-şuv kötardi va 39 gol urib, «Oltin butsa» uçun jiddiy raqobat körsatdi. Agar koeffitsiyentlar böyiça murakkablik bölmaganida, mukofot uniki bölardi: lekin çempionatlar darajasidagi farq tufayli uning har bir goliga 1,5, Mbappenikiga esa 2,0 koeffitsiyent hisoblandi va yakunda fransiyalik hujumçining 31 goli yuqori baholandi. Va baribir şvetsiyalik hujumçining statistikasi kamyob. Çempionat darajasi tufayli ham unga talabgorlar köp bölmadi va «Sporting» ham unga juda katta narx qöya olmadi.
Futbolçiga avvaldan «Arsenal» tomonidan qiziqiş mavjud edi, ammo londonliklarda variantlar köp bölib, unga ustuvor maqsad sifatida qaralmadi. Orada Corriere dello Serra «Yuventus» 70 mln yevrolik taklif bilan çiqayotgani haqida xabar tarqaldi. Keyin esa Dyokereş «Mançester Yunayted» variantidan boş tortgani — faqat YeÇLda qatnaşadigan jamoa safiga ötişni xohlayotgani xabar qilindi. Sönggi kunlarda u klub rahbariyatiga ultimatum qöyib, özini «Arsenal»ga sotişni talab qilayotgani, keyingi mavsumda baribir klub safida öynamasligini ma’lum qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Londonliklar ham boşqa nomzodlar bilan (Isak, Şeşko) kelişa olmagaç, uşbu variantga qaytdi. Işonçli manbalar tasdiqlayotgan sönggi xabarlarga köra, futbolçi «Arsenal»ga ötişi masalasi hal bölgan. «Sporting» 80 million yevro sörayotgandi, London klubi sport direktori Andrea Berta esa narxni 65 million yevrogaça tuşirişga harakat qilmoqda.
Benyamin Şeşko, 22 yoş («RB Leypsig»)
2024/2025 yillar mavsumidagi statistikasi: 45 öyinda 21+6 Transfer qiymati: 70 mln yevro Da’vogarlar: «Arsenal», «Bavariya», «Mançester Yunayted»
Sloveniyalik hujumçi «Red Bull» iyerarxiyasi böylab muvaffaqiyatli harakatlandi: Avstriyada 123 öyinda 51+17 körsatkiçga erişdi, «Zalsburg»dan «Leypsig»ga ötib, 87 öyinda 39+8 körsatkiç qayd etdi. Bu esa grand klublar qiziqişiga sabab böldi. Xususan, «Arsenal» ustozi Mikel Arteta uni asosiy nişon sifatida belgilab olgandi.
Bundan taşqari, «Bavariya» uni Harri Keynga örinbosar sifatida körib çiqmoqda. Bild agar myunxenliklar Şeşkoni safiga qöşib oladigan bölsa, Keyn hujumçi ortidagi pozitsiyaga ötişi mumkinligi haqida yozdi.
Şuningdek, jurnalist Kristian Falk «Mançester Yunayted» tomonidan qiziqiş mavjudligi haqida xabar bergan: mankunianliklarda bu futbolçi uçun kuraşda kiçik ustunlik bor, jamoa skautlar bölimini boşqarayotgan Kristofer Vivell öz vaqtida sloveniyalik futbolçini «Zalsburg»ga olib kelgandi va aynan u tufayli futbolçi top-darajaga çiqişga erişdi. Ruben Amorim ham Zirkzeye va Hoylunddan (u «Inter»ga ijaraga berilişi mumkin) mamnun emasligi tayin, şu tufayli yuqori saviyadagi töpurar hujumçiga ehtiyoj sezmoqda.
Sönggi xabarlarga köra, «Leypsig» klubi sport direktori Marsel Şefer 90 mln yevrodan kam takliflar böyiça muzokara ötkazilmasligini ma’lum qilgan. Şundan keyin «Arsenal» futbolçi uçun kuraşdan çiqqan va bor e’tiborini Viktor Dyokereşga qaratgan.
Rodrigo, 24 yoş («Real»)
2024/2025 yillar mavsumidagi statistikasi: la ligada 30 öyinda 6+6 Transfer qiymati: 90 mln yevro Da’vogarlar: «Arsenal», «Mançester Siti», «PSJ»
Ötgan mavsumda çempionlik kuraşini «Liverpul»ga boy bergan «Arsenal» yozgi transferlarda ham uşbu klub bilan raqobatda ortda qolmoqda. Jamoa faqat sönggi kunlarda zaxira darvozaboni Kepa Arrisabalaga hamda tayanç yarimhimoyaçisi Martin Subimendi transferini e’lon qildi. Lekin klub yozning ilk kunlaridanoq tarkibni mustahkamlaş ustida iş olib bormoqda. Jamoani tark etgan yarimhimoyaçilar Jorjinio va Tomas Parti örniga Subimendi bilan birga «Brentford» sardori Kristian Nergor ham olib kelinişi kutilmoqda.
Londonliklar keyingi mavsumda APL va YeÇL ğolibligi uçun kuraşişga bel boğlagan. Buning uçun esa yarimhimoyadan taşqari hujum çiziğini ham kuçaytiriş talab etiladi. Klub markaziy hujumçi pozitsiyasini Viktor Dyokereş bilan yopmoqda, öng qanotda Sakaga örinbosar sifatida «Çelsi» asosiy tarkibidan tuşib qolgan Noni Madueke nomzodi körib çiqilmoqda, hujumçi orti pozitsiyasiga «Kristal Pelas» yetakçisi Ebereçi Eze olinişi mumkin.
Jamoadagi yana bir muammoli çiziq esa çap qanot vingeri bölib qolmoqda. Ötgan mavsumda bu pozitsiyada Martinelli va Trossar u qadar işonçli öynay olmadi. Endi bu muammo «Real»da asosiy tarkibdan tuşib qolgan Rodrigo bilan hal qilinişi mumkin. Uşbu braziliyalik futbolçi klublar örtasidagi jahon çempionatida zaxira futbolçisiga aylandi, madridliklar şu yozda uning qanotiga «River Pleyt»dan Franko Mastantuononi olib keladi va futbolçining asosiy tarkibga kirişi yanada qiyinlaşadi.
Ispaniyadagi AS naşri klublar örtasidagi jahon çempionatidan keyin «Arsenal» Rodrigo böyiça «Real» bilan muzokaralarni boşlaşi haqida xabar qilgan. The Athletic esa şunday qöşimça qilgan: braziliyalik futbolçi sotuvga qöyiladi, u jamoaning yangi boş murabbiyi Xabi Alonsoning rejalaridan örin olmagan. «Arsenal» uşbu futbolçi transferi uçun 90 mln yevrodan ortiq mablağ sarflaşga tayyor. «Real» uning transferidan tuşgan mablağlarni Alonsoning yangi yarimhimoyaçilar böyiça talablarini qondirişga yönaltirişni közlagan.
Jon Duran, 21 yoş («An-Nasr»)
2024/2025 yillar mavsumidagi statistikasi: 47 öyinda 24 gol Transfer qiymati: 35 mln yevro Da’vogarlar: «Napoli», «Fenerbahçe»
Röyxatdagi eng kutilmagan transfer loti. Yarim yil oldin «An-Nasr» kolumbiyalik yoş hujumçi uçun 77 mln yevro tölagandi. Futbolçi ham yangi klubga ötganidan baxtiyor edi: «Xuddi FIFA öyinida karera rejimida öynayotgandekman. Men gollarimni Kriştianu Ronaldu bilan nişonlayman!» Ammo yaqinda Arriyadiyah şunday xabar tarqatdi: «saudiyaliklar klubi ruhiy holatiga va texnik barqarorligiga ta’sir qilayotgan şaxsiy muammolari tufayli Duranni ijaraga berişiga töğri keladi». Şu bilan birga, 22 mln yevro miqdoridagi yillik maoş bunday transfer imkonini qiyinlaştiradi.
Turkiyalik jurnalist Serkan Hamzaöğlining yozişiça, Duranning özi «Fenerbahçe»ga ijara asosida ötişga qarşi emas. Uning hamkasbi Yağiz Sabunçiöğli esa boşqa klub nomini tilga olgan: «Napoli» «An-Nasr»ga rasmiy taklif bilan çiqmoqçi. Bu klubda Jon gollarini Lukaku bilan nişonlaşi mumkin böladi.
Ademola Lukman, 27 yoş («Atalanta»)
2024/2025 yillar mavsumidagi statistikasi: 40 öyinda 20+7 gol Transfer qiymati: 60 mln yevro Da’vogarlar: «Napoli», «Atletiko», «Arsenal»
Nigeriyalik forvard Bergamoda ajoyib uç mavsum ötkazdi va faoliyatida yangi qadam taşlaş arafasida. Uni öz safida körişni istaydigan jamoalar yetarliça, «Napoli» va «Atletiko» allaqaçon Lukman uçun auksion boşlaşgan. Nima bölganda ham, 112 öyindagi 52+25 körsatkiçi — grand jamoalar nazardan çetda qoldiradigan statistika emas. Qolaversa, Ademola universal futbolçi: hujumdagi istalgan pozitsiyada öynay oladi. Corriere dello Sport ma’lumotiga köra, «Atalanta» futbolçini 60 mln yevroga sotişga tayyor. Agar nigeriyalik futbolçi Neapolga ötadigan bölsa, Lukaku bilan Luk-Luk boğlamini hosil qilişi mumkin.
Şu bilan birga, bu yozda transfer bozoridagi köplab hujumçilar qatori uşbu futbolçi ham «Arsenal» bilan boğlanmoqda. TEAMtalk va jurnalist Florian Plettenberg Lukman Rodrigo, Mbeumo va Bayno-Gittens qatorida «kanonirlar» şort-listida ekanini xabar qilgandi. Uşbu törtlikdagi futbolçilarning ikkisiga allaqaçon boşqa jamoalar jiddiy raqobatlaşmoqda, Brayan «MYu» va «Tottenhem»dan biriga ötişi oydinlaşmoqda, Jyeymi esa «Çelsi» futbolçisiga aylanib böldi.
Moyze Kin, 25 yoş («Fiorentina»)
2024/2025 yillar mavsumidagi statistikasi: 44 öyinda 25+3 gol Transfer qiymati: 50 mln yevro Da’vogarlar: «Barselona», «Napoli», «Milan», «Mançester Yunayted», «Al-Qodisiya»
Moyze Kin faoliyatini yana yölga qöyib oldi. «Yuventus» ötgan yil yozida uşbu hujumçisin arzimagan 13 mln yevroga «Fiorentina»ga qöyib yuborgandi. Futbolçi esa özini hisobdan çiqarişga hali erta ekanini namoyiş etdi. Endilikda Moyze uçun navbatda turgan jamoalarga qaralsa, florensiyaliklar uni keyingi mavsum uçun ham olib qolişi dargumon. Lekin uning sotuvidan katta mablağ işlab oliş mumkin.
Corriere dello Sport Kinga «Napoli», «Mançester Yunayted», «Fenerbahçe» va Saudiyaning «Al-Qodisiya» klubidan qiziqiş borligini xabar qilgan. La Gazzetta dello Sport esa «Barselona» futbolçining şartnomasidagi 52 mln yevro miqdoridagi tovon pulini tölaşga tayyorligi haqida yozgan. Sport Mediaset Moyzening iste’dodiga Massimiliano Allegrining şaxsiy simpatiyasi borligini xabar qilgan: murabbiy u bilan yana birga işlamoqçi va «Milan»dan uni olib berişni söramoqda.
Şu bilan birga, Moyze Italiya milliy jamoasi bilan JÇ-2026 ga boriş uçun klubini özgartirmaslik va 2029 yilga qadar amal qiladigan yangi şartnoma tuziş haqida ham öylamoqda.
Ugo Ekitike, 23 yoş («Ayntraxt»)
2024/2025 yillar mavsumidagi statistikasi: 48 öyinda 22+12 gol Transfer qiymati: 75 mln yevro Da’vogarlar: «Çelsi», «Mançester Yunayted», «Liverpul»
Ugo Ekitike özi köp gol urişdan taşqari, jamoadoşlariga vaziyat yaratib berişda ham benazir futbolçi. «Ayntraxt» bir yil oldin uning şartnomasini «PSJ»dan 20 million yevroga sotib olgandi, endi bir neça barobar qimmatga sotişi mumkin.
«Ayntraxt» odatda forvardlarini sotiş orqali katta pul işlaydi, lekin bu klubdan ketgan futbolçilar yangi jamoasida öynab ketolmagan: Kolo Muani, Yoviç, Andre Silva. Şu jihatdan, da’vogarlarni klub sörayotgan 100 mln yevro çöçitib yuborişi ham mumkin. Insayder Kristian Falk Ekitike uçun «Liverpul» va «Çelsi» da’vogar ekanini xabar qilgan. Florian Plettenberg «Mançester Yunayted»dan ham taklif borligini qöşimça qilgan.
Viktor Osimhen, 26 yoş («Napoli»)
2024/2025 yillar mavsumidagi statistikasi: «Galatasaroy» safida 41 öyinda 37+8 gol Transfer qiymati: 70 mln yevro Da’vogarlar: «Al-Hilol», «Mançester Yunayted», «Liverpul», «Yuventus»
Bu röyxatga Osimhenni qöşmay bölmasdi. Nigeriyalik hujumçi ötgan yil yozida «Napoli» rahbariyati bilan ziddiyatga borgan, ammo na Saudiyadagi, na Angliyadagi klublar bilan ham şartnoma tuzolmagandi. Yakunda mavsumni ijara asosida Turkiyada ötkazişga töğri keldi. Fanatik ma’lumotiga köra, unga yana «Al-Hilol»dan jiddiy qiziqiş bölmoqda, uşbu jamoa futbolçining şartnomasidagi 75 mln yevrolik tovon pulini tölaşga tayyor. Muammo maoş miqdorida: Viktor törtta taklifni rad etgan, endi beşinçisi ham bor — yiliga 50 mln yevrolik.
APLda Osimxenga bunday pul bermasliklari aniq. Ammo agar OAVga işonilsa, unga Yevropada qoliş uçun variantlar yetarliça. Footmercato «Mançester Yunayted» «Napoli» bilan muzokaralar ötkazayotgani va futbolçi uçun 12 mln yevro miqdorida yillik maoş berişga tayyorligini yozgan. TEAMtalk ma’lumotiga köra, «Liverpul» uşbu futbolçi transferiga Kiyeza yoki Nunesni qöşiş variantini körib çiqmoqda. Janluka Di Marsio esa «Yuventus»dan qiziqiş borligini xabar qilgan. Futbolçida yangi klub tanlaş uçun sentabrgaça yetarliça vaqt bor.