Auksion – maxsus kimoşdi savdo bozori bölib, savdo tovarlarning nisbatan çeklangan röyxati böyiça, e'lon qilingan vaqtda va ma'lum davrda ommaviy sotuvga qöyiş yöli bilan ötkaziladi
Bugungi kunda Özbekistonda «E-ijro auksion» yagona elektron savdo maydonçasi orqali auksion va tanlovlar taşkil etilmoqda. Fuqarolik kodeksining 379-moddasiga köra, kimoşdi savdosi auksion yoki tanlov şaklida ötkazilişi belgilab qöyilgan.
«E-ijro auksion»da iştirok etiş şartlari qanaqa va qaysi toifadagi şaxslar auksionda iştirok etiş huquqidan mahrum qilingan?
«E-ijro auksion» savdo maydonçasida ötkaziladigan onlayn savdolarda iştirok etiş uçun internetga ulana oladigan texnik qurilmalar (kompyuter, noutbuk, planşet, mobil telefon) bölişi talab etiladi. Onlayn auksionda iştirok etiş istagida bölgan şaxs yuridik yoki jismoniy şaxs sifatida savdo maydonçasi orqali röyxatdan ötişi talab etiladi. Röyxatdan ötgan talabgor uçun şaxsiy kabinet yaratiladi va belgilangan miqdorda zakalat pulini kiritgan holda savdoda qatnaşiş uçun ariza beriş mumkin.
Ayrim turdagi elektron onlayn auksion va tanlovlarda bir qança şaxslar uçun qatnaşiş taqiqlangan.
Jumladan:
- sud organlari, prokuratura, içki işlar, davlat soliq va bojxona xizmati, şuningdek, Davlat xavfsizlik xizmati organlarining xodimlari;
- sotiladigan mol-mulkni közdan keçiriş yoki baholaşni amalga oşirgan baholovçi taşkilotlarning mutaxassislari va xodimlari, şuningdek, operatorning xodimlari;
- yer uçastkalari va yer uçastkalariga bölgan mulkiy huquqlar realizatsiya qilinganda — Özbekiston Respublikasi fuqarolari bölmagan şaxslar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno ekani qayd etilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28 yanvardagi 63-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga köra, yakka tartibda uy-joy quriş uçun yer uçastkalariga bölgan huquq uçun ötkaziladigan onlayn savdolarda faqatgina Özbekiston fuqarolari qatnaşişi mumkin.
«E-ijro auksion»da qanday tartibda röyxatdan ötiladi?
Şaxsiy kabinet yaratiş uçun foydalanuvçining şaxsiy ma'lumotlari, elektron poçta manzili, mobil telefon raqami kiritilişi zarur. Röyxatdan ötgaç, iştirokçi hisobvaraqni öziga qulay bank filiali yoki masofadan turib – elektron tölov tizimlari (Payme, Click, Oson.uz, Paynet) orqali töldirişi mumkin. Şundan söng qatnaşçi mulkka ariza beradi va oldindan belgilangan mablağni elektron tölov asosida amalga oşiradi. Onlayn-auksion ötkaziladigan kunda şaxsiy kabinetidagi «Mening auksionlarim» bölimi orqali boşlangan auksionlarda iştirok etişini tasdiqlaydi.















