Ayrim xususiy bandlik agentliklari litsenziyasi yöqligiga qaramasdan, noqonuniy ravişda, yaşirin faoliyat yuritmoqda. Bu jamoatçilikni taşvişga soladigan masalalardan biridir. Çunki litsenziyasiz XBA tomonidan yuborilgan mehnat muhojirining huquqlari poymol bölsa, uni himoya qiliş imkoniyati past böladi.

Kun.uz  muxbiri Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi mutasaddilari iştirokida taşkil etilgan matbuot anjumanida şu xususda savol berdi.

Xususiy bandlik agentliklarining Jamğarmaga qöyiladigan garov puli miqdori 50 ming dollardan 200 ming dollargaça oşirilgaç, köplab agentliklar faoliyati yaşirin tus oldi. Bir-ikki yil avval xususiy bandlik agentliklari bilan boğliq firibgarlik holatlari röy berdi. Şunday holatlar takrorlanmasligi uçun vazirlik nimalar qilmoqda?

“Xususiy bandlik agentliklari faoliyatiga ruxsat berilgaç, köplab fuqarolar ayrim agentliklar tomonidan aldandi. Şundan söng qonunçilik talabi özgartirilib, Xorijda işlayotgan fuqarolarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasiga xususiy bandlik agentliklari tomonidan 50 ming dollar emas, 180 ming dollar ekvivalentida zaxira mablaği qöyiş belgilandi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinçi örinbosari Erkin Muhiddinov

Bu nima uçun qilindi?

Albatta, bu mablağ xususiy bandlik agentliginiki. Faoliyatini töxtatganda bu mablağni qaytarib oladi. Mabodo agentlik tomonidan yuborilgan fuqarolar aldanib qolsa yoxud biror qiyinçilikka duç kelsa, zarar ularning şu mablağidan qoplanadi.

Ikkinçidan, xorijga ketgan har bir mehnat migranti bilan tuzilgan şartnoma labormigration.uz portalida nazoratga olinmoqda. Agentliklar faoliyati ham monitoring qilinmoqda.

Bugungi kunda 8ta xususiy bandlik agentligi rasman faoliyat yuritmoqda. Yana 4tasi zaxira pulini tölab, litsenziyasini kutmoqda. Balki Özbekistonda 70-80ta emas, 10tagaça xususiy bandlik agentliklari yetarlidir.

Şunday holatlar ham böldiki, ayrim XBAlar litsenziyasi vaqtinça olib qöyilgaç, faoliyatini norasmiy tarzda davom ettirişga harakat qilib körişdi. Ayrimlari bilan özimiz gaplaşdik, boşqa birlarini huquqni muhofaza qiluvçi idoralarga berişga töğri keldi. Ayrimlari pul tölab, litsenziya olmoqçi.