«International Experience» XBA mas'ullariga sud hukmi o‘qildi
70 ga yaqin jabrlanuvchiga qariyb 1,5 mlrd so‘m moddiy zarar yetkazilgan

2020 yil oktabr oyining 5 kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining hukmi bilan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “v” bandi, 189-moddasi 1-qismi, 19211-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari va 227-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan “INTERNATIONAL EXPERIENCE XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI” MChJ direktori O.K. va xalqaro aloqalar bo‘yicha menedjyeri H.K. aybdor deb topilgan.
Sud tomonidan firma rahbari O.K.ga (ayol kishi) 4 yil 5 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish shartli jazosi tayinlanib, 2 yil sinov muddati belgilangan. Shuningdek, yetkazilgan moddiy zararni 1 yil 6 oy mobaynida to‘liq qoplash majburiyati yuklatilgan.
Firma menedjyeri H.K.ga (ayol kishi) tashkiliy-farmoyish va ma'muriy-xo‘jalik faoliyat yuritish huquqini beruvchi lavozimlarda ishlash huquqidan 3 yil muddatga mahrum qilib, 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.
Sud hukmi bilan 70 ga yaqin jabrlanuvchiga qariyb 1,5 mlrd so‘m moddiy zararni to‘lash belgilangan. Ayni paytda tergov organining depozit hisob raqamida saqlanayotgan 449 mln so‘m pul yetkazilgan moddiy zararni qoplashga qaratiladi.
Ma'lumot uchun, 10 oktabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida “INTERNATIONAL EXPERIENCE XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI” MChJ mas'ullariga oid sud hukmi haqida qisqacha ma'lumot berib o‘tilgandi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ertaga 17 mart kuni joylarda 27 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 13:01
-
Chirchiqda ushlangan shaxsning uyidan qariyb 20 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori topildi
Jamiyat | 12:46
-
Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
Jamiyat | 12:10
-
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00
Mavzuga oid

15:50 / 25.11.2024
Janubiy Koreyada armiyadan bo‘yin tovlash uchun atay semirgan fuqaro qamaldi

16:20 / 05.06.2024
19 yoshida 18 yillik qamoq – Qoraqalpog‘istonda bosqinchilik va qotillik qilgan yigitga hukm o‘qildi

22:38 / 18.05.2024
Toshkentda ushlangan jinoiy guruh a’zolariga sud hukmi o‘qildi

15:23 / 27.02.2024