Ma'lum bölişiça, jamiyat rahbarlari Janubiy Koreyaga işga jönatişni va'da qilgan holda yuzlab fuqaroning 19 milliard sömdan ortiq mablağini özlaştirgan.

«Joriy yilning 10 oktabr kuni «Korean and migration xususiy bandlik agentligi» MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan Tergov departamenti tomonidan 169-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan, ya'ni aldaş va işonçni suiiste'mol qiliş bilan özganing juda köp miqdordagi pul mablağlarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritiş böyiça jinoiy iş qözğatilgan.

Mazkur jinoyat işi böyiça dastlabki tergov hujjatlariga köra, Otaqulov, Aliqulov va Qobulov hamda boşqalar bu jamiyatni taşkil etgan. Jamiyat vakillari barça viloyatlar böyiça çet elda işlaş istagida bölgan fuqarolarni çet elda yaxşi işlaş şaroitini yaratib beriş bilan qiziqtirgan.

Içki işlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti bölim boşliği
Aziz Dolixodjayev.

2019 yil yanvar oyidan joriy yilning oktabr oyiga qadar 600 nafarga yaqin fuqarodan 19 milliard sömdan ziyod mablağlar jamiyatning bankdagi hisob-raqamlariga kirim qilingan. Ular mijoz bilan şartnoma tuzişgan holda, 27 milliondan 32 million sömgaça kirim qilib kelişgan. 600ga yaqin şartnomalar imzolangan bölsa-da, bugungi kunga qadar biror şaxs şartnoma asosida xorijga jönatilmagan.

Otaqulov va Qobulov muqaddam 168-moddasi, ya'ni firibgarlik jinoyati bilan sudlanib çiqqan şaxslardir. Mijozlarni 4 oy davomida koreys tilini öqitiş uçun öquv markazlariga jönatişadi va öqitadi. Öquv markazi va öqiş jarayonidagi mablağlar şartnoma summasi hisobidan sarflanişi aytilgan. Aniqlanişiça, har bir fuqarodan 27 milliondan 32 million sömgaça mablağdan 3 million sömi jamiyat tomonidan aynan şu çiqim xarajatlari uçun sarflangan, qolgan 27 million söm mablağ esa daromad sifatida öz hisob-raqamida qoldirilgan. Bugungi kunga qadar 200 million söm mablağ qolgan. Öz navbatida jamiyatga kirim qilingan 19 milliard sömdan oşiq summa qay maqsadlarda işlatilganini aniqlaşimiz kerak. Şuning uçun, hujjatli-taftiş tayinlangan va u davom etmoqda.