O‘zbekiston tezyurar poyezdlarni sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolaydi
«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi keyinga haftaning oxirida Ispaniyaning Talgo kompaniyasining ikkita tezyurar elektropoyezdini sotib olish bo‘yicha shartnomani imzolaydi, deb xabar bermoqda kompaniyaning boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari Davron Dehqonovga iqtibos keltirgan holda Sputnik nashri.
Dehqonovning aytishicha, Talgo rahbariyati keyingi haftada 5-6 noyabrda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro investitsion anjumanda ishtirok etish uchun keladi, aynan shu anjuman davomida tegishli shartnoma imzolanadi.
Dehqonov poyezdlarning narxi va texnik ko‘rsatkichlarini tijorat siri ekanini aytib, ularni aytishdan bosh tortdi. Uning aytishicha, poyezdlar O‘zbekiston tomonidan qo‘yiladigan talablarga muvofiq quriladi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» va Ispaniyaning Patentes Talgo, S.L. kompaniyasi 2015 yilning mart oyi boshida yuqori tezlikdagi temir yo‘l harakati sohasidagi hamkorlik qilish haqidagi memorandumni imzolagan edilar. Aynan shunda milliy kompaniya katta sig‘imdorlikka ega, ikkita yangi yuqori tezlikdagi Talgo poyezdlarini sotib olishga tayyorligini bildirganlar.
Yangi poyezdlar keyingi yilning sentabrida ishga tushiriladigan “Toshkent-Buxoro” yuqori tezlikdagi temir yo‘l trassasida ishlatilishi taxmin qilinmoqda. Bu temir yo‘lning qurilishi 400 mln dollarga baholanmoqda. Bu yo‘l bilan yo‘lovchilarni Toshkentdan Buxoroga yetkazish vaqti 2 soatga qisqaradi, foydalanish xarajatlari esa 30 foizdan ko‘proqqa kamayadi.
Ikkita poyezdning narxi 100 mln yevroni tashkil qilishi mumkin.
Hozirda O‘zbekistondagi temir yo‘llarda Talgo kompaniyasining 4 ta bosh va 18 ta yo‘lovchi vagonlari ishlatilmoqda. Bu poyezdlar O‘zbekistondagi qadimiy shaharlardan biri sharafiga “Afrosiyob” deb nom olgan.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT O‘zbekiston tashabbusi bilan 29 aprelni Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni deb e’lon qildi
O‘zbekiston | 21:18
-
Urganchda Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi
O‘zbekiston | 21:05
-
Urushlarning o‘zgargan motivi: tashqi tahdid emas, ichki siyosiy maqsadlar
Jahon | 20:47
-
Kartadan kartaga katta miqdorda pul o‘tkazishda qo‘shimcha himoya choralari kiritiladi
Iqtisodiyot | 20:43