Özbekistonda ob-havo keskin özgarişi kutilmoqda. “Özgidromet” tezkor axborot berdi.

Maʼlum qilinişiça, 9-noyabr kuni Özbekistonning şimoliy hududlariga, 10-12 noyabr kunlari esa respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelişi kutilmoqda. Buning natijasida respublika hududida ob-havoning keskin özgarişi kuzatiladi.

9-11 noyabr kunlari respublika hududining katta qismida yomğir yoğadi. Baʼzi joylarda yoğingarçilik kuçli bölişi mumkin. 10-11 noyabr kunlari şimoliy va toğli hududlarda yoğingarçilik qorga aylanadi.

Ayrim hududlarda şamol tezligi 13-18 m/s gaça kuçayişi kutilyapti.

9-noyabr kuni şimoliy hududlarda, 10-12 noyabr kunlari esa qolgan hududlarda havo harorati asta-sekin pasaya boşlaydi.

Şimoliy hududlar va çöl zonalarida havo harorati keçasi 2-7 daraja sovuqqaça, kunduzi 3-8 daraja iliqqaça, qolgan hududlarda esa keçasi 0-5 daraja iliqqaça, baʼzi joylarda 1-2 daraja sovuqqaça, kunduzi 7-12 daraja iliqqaça pasayadi.