Arablar nega bunça faol?

Köpçilik Isroil haqida gapirganda bu davlat aholisining kamida 21 foizi arablar ekanini unutib qöyadi. Arablarning Isroilda bir neçta partiyasi ham bor. Bu yilgi saylovlarda ana şu Isroil arablari hammani hayron qoldirdi. Ular yaşaydigan şaharlarda davomat favqulodda yuqori böldi. Odamlar ertalabdan uçastkaga borib, öz partiyasiga ovoz berdi. Netanyahu saylov kuni arablar faolligidan ğazablanib, öz tarafdorlarini «tez uydan çiqib ovoz berişga» çaqirdi.

Isroilda arablarni hukumatga qöyişmaydi. Lekin bu davlatda demokratik institutlar işlagani uçun arablar huquqini çeklaş ham imkonsiz. Albatta, Netanyahu, Smotriç va ularning radikal tarafdorlariga qolsa, arablarni haydab çiqargan bölişardi, biroq davlat faqat ulardan iborat emas.

Isroil asos solinganidan buyon Falastin yerlarini egallab keladi. Bosib olingan yerlardagi odamlarning hammasi ham çiqib ketmaydi-ku, ana şu qolganlar Isroil fuqarosi sifatida yaşaşni davom ettirgan. Hozir Isroilda 2,2 millionga yaqin arab yaşaydi. Va bu arablar Falastindagi arablardan heç qanday farq qilmaydi, bir xil odamlar, druzlarni inobatga olmasa, albatta.

Ana şu arablar Netanyahu hukumati Falastinni nima ahvolga solganini kördi. Saylov ular uçun Netanyahuga qarşi ekanini körsatiş uçun qonuniy imkon edi. Arablar har qaçongidan faol bölib, öz partiyalarini qölladi. Natijada Netanyahu jazavaga tuşib, postlar eʼlon qildi. Hozirgi hisob-kitobga köra, arablar parlamentda 19 deputatlik örniga ega bölmoqda. Hukmron blok ham, muxolifat ham kerakli 61 ovoz ololmagan, endi arablar qölida yaxşigina siyosiy kuç bor.

Ikki konvertli ovozlar

Keça saylov natijalarini tez hisoblaşgandi, lekin ozgina ovoz natijalari çiqmayapti. Ajablanmasa ham böladi, bu ikki konvertli ovozlar, ularni hisoblaş vaqt oladi. Yaʼni harbiylar, diplomatlar, kasalxonadagilar, mahbuslar, röyxatdagi uçastkadan boşqa joyda ovoz berişga ruxsat berilgan fuqarolar. Çalkaştirib yubormang, gap çet eldagi isroilliklar ovozi haqida ketmayapti. Çet elda bölgan Isroil fuqarolari saylovda ovoz berolmaydi, tartib şunaqa.

Demak, ikki konvertli ovozlar hisoblaş jarayoni davom etmoqda. Bu turli hisob-kitoblarga köra, 400 mingdan köproq odam degani. Nega ikki konvertli? Çindan qutiga taşlangan byulliten ikki konvertli böladi. Birinçi konvertda ovoz bergan odam ismi va manzili yozilgan böladi. Birinçi konvert oçilgaç, bu odam özining asosiy uçastkasida ovoz bergan-bermagani tekşiriladi. Keyin ikkinçi konvertdagi ovozni qayd etişadi. Ana şu jarayon köproq vaqt oladi.