SNS Ratings reyting agentligi kompaniyalar va qarz vositalarining moliyaviy barqarorligini baholaşga ixtisoslaşgan bölib, moliya taşkilotlari, holding kompaniyalari hamda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yurituvçi korxonalarga reytinglar beradi.
«Özbekinvest» kompaniyasiga berilgan «AAA» reytingi milliy reyting şkalasi böyiça eng yuqori daraja hisoblanadi. Mazkur reyting taşkilotning moliyaviy majburiyatlarini, jumladan, suğurta qildiruvçilar oldidagi majburiyatlarini öz vaqtida va töliq bajariş qobiliyati yuqoriligini anglatadi.
Reyting agentligi kompaniyaning reyting darajasiga ijobiy taʼsir körsatgan quyidagi asosiy omillarni qayd etdi:
· kuçli institutsional qöllab-quvvatlaş;
· kapitallaşuv darajasining yuqoriligi va faoliyat kölamining kengligi;
· kompaniya faoliyatining yuqori darajadagi şaffofligi;
· anderrayting faoliyati böyiça zararlilik darajasining pasayişi.
Agentlik «Özbekinvest»ning yuqori likvidlik va kapitallaşuv darajasini saqlab qolişini prognoz qilmoqda. Şuningdek, asosan korporativ segmentda suğurta mukofotlari hajmining izçil ösişi hamda sof operatsion rentabellikning yanada oşişi kutilmoqda.
Sönggi beş yil davomida «Özbekinvest» kompaniyasi faoliyatining asosiy körsatkiçlarida sezilarli ösişga erişildi:
· yalpi suğurta mukofotlari hajmi 4,2 barobarga, yaʼni 385,0 mlrd sömdan 1,6 trln sömga oşdi;
· xorijiy suğurta bozorlarida yiğilgan suğurta mukofotlari (suğurta xizmatlari eksporti) 4,3 barobarga, yaʼni 15,0 mln AQŞ dollaridan 65,0 mln AQŞ dollariga oşdi;
· hamkor mamlakatlar soni 65 tadan 135 taga köpaydi;
· milliy eksportçilarga taqdim etilgan suğurta qoplamasi 1,9 barobarga















