O‘zbekiston | 15:49 / 23.04.2021
15645
3 daqiqa o‘qiladi

«Tekshiruvchi ham, tekshiriluvchi ham bitta tuzilmada» - Nig‘matilla Yo‘ldoshev inspeksiyalar mustaqil emasligi haqida

Senatning 14-yalpi majlisida so‘zga chiqqan bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev vazirlik va idoralar qoshidagi inspeksiyalar faoliyati qanchalik xolisligini savol ostiga oldi.

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

«Ming afsuski, hozirgi kunda 10 dan ortiq nazorat-tekshiruv idoralari bir vazirga bo‘ysunadigan qilib, tuzilmasi tasdiqlangan. Tasavvur qiling, bir vazirlikda ham tekshiruvchi, ham tekshiriluvchi bo‘ladigan bo‘lsa, bu yerda hech qanaqa tom ma'nodagi haqiqiy nazorat bo‘lmaydi.

Eng asosiysi, nazorat-tekshiruvchi idoralarga mustaqil, xolis faoliyat ko‘rsatish uchun shart-sharoit yaratib berishimiz kerak. Bu borada biz prokurorlik munosabatimizni Vazirlar Mahkamasiga ham berganmiz. Agar takliflarimiz inobatga olinib, har bir nazorat-tekshiruv idorasi mustaqil faoliyat ko‘rsatadigan bo‘lsa, har bir sohada ko‘plab qonunbuzilishlar bartaraf qilingan bo‘lar edi.

Respublika miqyosida 50 dan ortiq nazorat idoralari bor, ular tomonidan o‘tgan yilning o‘zida aniqlangan faqatgina talon-toroj holatlari bo‘yicha jamlangan qiymat huquqni muhofaza qiluvchi sanoqli organlar aniqlagan talon-torojliklar qiymatining uchdan ikkisini tashkil qiladi. Ya'ni 33 foizga kam.

Aniq misollar keltirsam. Mana, Energetika vazirligi qoshidagi O‘zneftegazinspeksiya 6 mingdan ortiq obektni doimiy nazorat qilish kerak. 150 dan ortiq mas'ul inspektorlar ham bor. Ularga davlat tomonidan oylik to‘lanadi. Ular ikki yil mobaynida o‘z tashabbusi bilan birorta ham tekshirish o‘tkazmagan. Bir so‘m ham zarar aniqlashmagan. Vaholanki, biz ikki yil davomida [shu sohada] 300 mlrd so‘mlik zarar yetkazilganini aniqladik va uni to‘liq undirish choralarini ko‘rdik.

Boshqa bir misol. Transport vazirligi tizimida yuklarni tashish faoliyati bilan bog‘liq inspeksiya ikki yil davomida 8 mingta qonunbuzilish holatini aniqlagan. Lekin birortasi ham huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish idoralariga yuborilmagan. Yuborilmadimi, demak, bu yashirildi degani.

O‘ylaymanki, hukumat bu masalani ko‘rib chiqib, o‘z qat'iy munosabatini bildirsa, ishimizda yana ham samara bo‘lgan bo‘lardi», – deya Nig‘matilla Yo‘ldoshevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid

E`lonlar

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

O‘zbekiston Milliy banki dam olish kunlarida ham siz uchun xizmat ko‘rsatadi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda