Ko‘p bolali oilalarga uy-joy ajratishda 16 yoshgacha yetti nafar va undan ziyod bolalari bo‘lishi talabi bekor qilindi
“Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” hukumat qarori qabul qilindi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, qaror bilan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, ko‘p bolali oilalarga uy-joy ajratishda 16 yoshgacha yetti nafar va undan ziyod bolalari bo‘lishi lozimligi talabi bekor qilindi.
Qishloq joylardagi kam ta'minlangan va ko‘p bolali oilalarga qoramolni bepul berish shartlari to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, ko‘p bolali oilalarga bepul qoramol berilishida voyaga yetmagan besh nafar va undan ortiq bolalari bo‘lishi lozimligi talabi bekor qilindi.
Oila kodeksiga muvofiq to‘rt nafar va undan ortiq 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan oila ko‘p bolali hisoblanadi. Agar to‘rt nafar va undan ortiq bolalaridan 1 nafari yoki undan ko‘prog‘i ta'limning kunduzgi shaklida (o‘rta maxsus va kasb-hunar, oliy ta'lim) ta'lim tashkilotlarida o‘qiyotgan hamda 22 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, bu oila ham ko‘p bolali oila hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi
Jahon | 23:54 / 13.03.2025
-
Tramp Putinning o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi bayonotini «umidbaxsh, lekin to‘liq emas» deb atadi
Jahon | 23:23 / 13.03.2025
-
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
-
Yevroparlamentda Huaweiʼga aloqador korrupsiya ishi sabab tintuv va hibsga olishlar bo‘lib o‘tdi
Jahon | 22:55 / 13.03.2025
Mavzuga oid

17:01 / 06.03.2025
Toshkentda uy-joy narxlari yillik hisobda 2,3 foizga pasaydi

14:56 / 24.02.2025
Yerni uy-joy qurish uchun ijaraga olgan yuridik shaxslar yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi

10:35 / 24.02.2025
Buzilayotgan turar va noturar joy obektining bozor qiymati to‘liq qoplab beriladi

17:56 / 22.02.2025