“Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
2025 yil 1 maydan:
- qurilişni boşlaşdan foydalanişga ruxsatnoma berişga qadar bölgan jarayonlar töliq onlayn rejimida “Şaffof quriliş” tizimida amalga oşiriladi;
- qurilişi tugallangan köp kvartirali uy-joydan foydalanişga ruxsatnoma berişda faqat Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspeksiyasi, hamda davlat yonğin nazorati organlaridan xulosa olinadi.
Inspeksiyada röyxatdan ötgan va u tomonidan nazorat qilinadigan köp kvartirali uy-joylarni foydalanişga ruxsatnoma berişdan oldin instrumental-texnik tekşiruvdan ötkaziş amaliyoti bekor qilinadi.
2025 yil 1 martdan renovatsiya asosida köp kvartirali uy-joylarni barpo etişning quyidagi tartibi joriy etiladi:
- renovatsiya loyihasini boşlaşga barça mulkdorlar bilan notarial tasdiqlangan kelişuv bitimi imzolanganidan söng ruxsat beriladi;
- mulkdorlarga, ularning xohişiga köra, quyidagi kompensatsiya turlaridan biri taqdim etiladi:
- buzilayotgan turarjoy obektlari örniga ularning maydonidan kam bölmagan renovatsiya dasturiga muvofiq yangi quriladigan turarjoylardan yaşaş uçun tayyor holdagi kvartiralarni mulk huquqi asosida beriş hamda quriliş davrida köçiş, şu jumladan, boşqa turarjoy obektini vaqtinçalik ijaraga oliş bilan boğliq xarajatlarni töliq qoplaş;
- buzilayotgan turar va noturar joy obektining bozor qiymatini töliq qoplab beriş;
- renovatsiya loyihasi taşabbuskori bilan kelişilgan holda boşqa turdagi kompensatsiyani taqdim etiş.

















