Adliya vazirligi barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishiga doir tartib bekor qilinishi ortidan kelib chiqqan norozilik va muhokamalarga munosabat bildirdi.

“Qonunda mavjud emas”mi?

Vazirlik eng avvalo “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunga e’tibor qaratgan. Qonunning 24-moddasida shunday deyiladi:

“Ishlab chiquvchi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtiriladi”.

Adliya vazirligi bu moddaning “qonunchilikda belgilangan tartibda” degan qismiga urg‘u qaratgan holda, “qonunda barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatchilik muhokamasiga joylashtirilishi shartligi haqida talab mavjud emas” deb bayonot berdi.

Biroq ta’kidlash lozim, prezidentning 2018 yil 13 apreldagi qarorida 2018 yil 1 maydan boshlab barcha (!) NHH loyihalari jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilishi lozimligi belgilangan edi.

Prezidentning 2021 yil 15 martdagi qarorida esa barcha (!) NHH loyihalari majburiy tartibda (!!) jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilishi ko‘zda tutilgandi.

Ayni shu qarorlardagi talablar – “qonunchilikda belgilangan tartibda” degan qoidaning to‘g‘ridan to‘g‘ri ifodasi. Ya’ni, qonunda qonunosti hujjatiga havola ko‘rsatilgan, qonunosti hujjat vazifasini esa prezidentning ikkita qarori bajarmoqda. Shunday ekan, Adliya vazirligining