Özbekiston 2021 yilda e’lon qilingan va özi uçun ustuvor deb bilgan jami 19 ta xalqaro reytingdan 11 tasida öz pozitsiyasini yaxşiladi, bir qança reytinglarda esa pastlagan. Bu haqda bugun, 14 aprel kuni Oliy Majlis Senatida bölib ötgan Xalqaro reyting va indekslar bilan işlaş böyiça respublika kengaşining navbatdagi yiğilişida ma’lum qilindi.

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Xususan, global innovatsiyalar indeksida Özbekiston 2021 yilda 7 poğonaga kötarilib, 132 ta davlat orasida 86-örinni egalladi va eng tez yuqorilagan mamlakatlar top-10 taligiga kirdi. Transparency International xalqaro taşkilotining 2021 yil uçun Korrupsiyani qabul qiliş indeksida Özbekiston öz örnini 6 poğona yaxşilab, 180 ta davlat içida 140-örinni egalladi.

«Özbekiston uçun ustuvor reyting hisoblanmagan, BMT Xalqaro elektr aloqasi ittifoqining 2021 yilgi hisobotiga köra, Özbekiston keng polosali internet narxlari böyiça BMTning 2 foizlik foydalaniş körsatkiçini bajargan holda 4 ta yangi iştirokçi (mamlakat) qatoridan joy olgan.

Şuningdek, «Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksi»ning 2021 yil yakunlari böyiça e’lon qilingan reytingda Özbekiston öz pozitsiyasini 5 poğonaga yaxşilab, 150-örinni egallagan.

Jahon banki tomonidan yuritiladigan Boşqaruv sifati indikatorlarining 2 tasida mamlakatimizning örni yaxşilangan bölsa, 2 tasida pasaygan. Ya’ni, Özbekiston «Aholi fikrini hisobga oliş va hisobdorlik» hamda «Huquq ustuvorligi» indikatorlarida mamlakatimiz öz pozitsiyasini yaxşilay olmagan», – deya Xalqaro reyting va indekslar bilan işlaş böyiça respublika kengaşi raisi Tanzila Norboyevaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Şuningdek, tadbirda xalqaro reyting va indekslar böyiça samaradorlikning eng muhim körsatkiçlariga (KPI) erişişdagi mavjud muammolar ham sanab ötildi. Xususan, «Meros» jamğarmasining Iqtisodiy erkinlik indeksida Özbekistonning örni pasaygan.

«Özbekiston 177 ta davlat orasida 117-örinni egallab, 2021 yilga nisbatan 9 poğonaga pasaygan va mamlakatimiz iqtisodiyoti «asosan erkin bölmagan mamlakatlar» guruhida qoldi.

Indeksning «Erkin savdo» körsatkiçida Özbekistonning örni rekord darajada yaxşilangandi: 2021 yildagi 163 ta örindan 67-öringa kötarildi va Markaziy Osiyo davlatlari orasida yetakçilikni qölga kiritdi. Bundan taşqari, investitsiya, moliyaviy erkinlik va monetar erkinlik körsatkiçlarida sezilarli ösiş qayd etildi», – deydi Tanzila Norboyeva.