O‘zbekistonda koronavirus sabab juma namozlari vaqtincha to‘xtatilmoqda
Masjidlardagi boshqa namozlar karantin talablariga qat'iy rioya etgan holda o‘qilishi belgilandi.
Pandemiya yanada avj olishining oldini olish maqsadida juma namozlari vaqtincha o‘qilmaydi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi fatvosi e'lon qilindi.
Qayd etilishicha, boshqa namozlar niqob taqqan va oraliq masofani saqlagan holda, masjidlarning ochiq sahnlarida ado etiladi.
Masjidlarda qo‘l berib yoki quchoqlashib ko‘rishish qat'iyan taqiqlanadi.
Isitma, yo‘tal kabi kasallik alomatlarini o‘zida his qilganlar, keksalar va kichik yoshdagi bolalarga jamoat namozlarida ishtirok etish tavsiya etilmaydi.
“Janoza namozlari vafot etganning yaqin qarindoshlari ishtirokida, xonadonlarda o‘qiladi. Marhumlarning haqlariga qilinadigan duoi fotihalarni qat'iy ravishda yurtdoshlarimiz o‘z xonadonlarida, oila davrasida bajarsinlar, fotihagarchiliklarga borishdan hamda o‘tganlarning qabrlarini ziyorat qilishdan saqlanib tursinlar”, – deyiladi fatvo matnida.
Shuningdek, Qurbon hayiti namozi ham o‘qilmaydigan bo‘ldi. O‘rniga uyda Zuho namozi o‘qish tavsiya etildi.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish shoxobchalarining 08:00dan 20:00gacha ishlashi tartibi amalda saqlanib qolmoqda.
6 iyuldan boshlab mamlakatda barcha turdagi ommaviy tadbirlar vaqtincha to‘xtatilgan.
1 avgustdan boshlab, to‘y va marosimlarni 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazish belgilangan.
Tavsiya etamiz
Coca-Cola tarkibida xlorat ko‘p bo‘lgani uchun Yevropadagi mahsulotlarini qaytarib oldi
Jahon | 17:25 / 28.01.2025
AQShda yuk tashish inqirozi tugadimi?
Jahon | 16:03 / 28.01.2025
Kolumbiya prezidenti muhojirlarni quvayotgan AQShga: «Ularga jinoyatchidek muomala qilmang»
Jahon | 23:24 / 27.01.2025
Sun’iy intellekt yetakchilari – Davosda. Ular nimalar deyishdi?
Fan-texnika | 19:09 / 27.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukraina bilan muzokaralar o‘tkazish shartini aytdi
Jahon | 00:54
-
Makron Luvrga yangi kirish joyi qurishga va «Mona Liza»ni ko‘chirishga va’da berdi
Jahon | 00:17
-
“O‘zbekiston havo yo‘llari” xalqni aldadimi?
O‘zbekiston | 23:31 / 28.01.2025
-
NATO Rossiya Rheinmetall kompaniyasi rahbariga suiqasd uyushtirishni rejalashtirganini tasdiqladi
Jahon | 23:17 / 28.01.2025
Mavzuga oid
13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi
17:08 / 30.08.2024
Toshkentdagi Mulla Xolmirza ota masjidi zamonaviy ko‘rinishda qayta qurilmoqda
07:25 / 13.06.2024
Toshkentda masjidlar atrofidagi yo‘llarda transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi
13:06 / 10.05.2024