Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 28 yanvar kuni Luvrga taşrif buyurib, muzeyda ayrim özgarişlarni amalga oşirmoqçi ekanini ma’lum qildi.

«Luvr restavratsiya qilinadi va kengaytiriladi», — deydi Fransiya yetakçisi.

Makron Madaniyat vazirligi «quriliş işlarini rejalaştiriş loyihasiga 10 million yevro investitsiya kiritişini» e’lon qildi.

Fransiya prezidentiga köra, Perro kolonnadasi orqali «yangi katta kiriş» yöli quriladi. Şuningdek, Makron Leonardo da Vinçining «Mona Liza» polotnosini Luvrdagi «maxsus joyga» köçirişni rejalaştirganini ma’lum qildi — bu kartinani muzeydagi boşqa kolleksiyalardan alohida tomoşa qiliş imkonini beradi.

Bundan taşqari, u madaniyat vaziri Raşida Datidan YeI tarkibiga kirmaydigan davlatlardan kelgan xorijlik taşrif buyuruvçilar uçun «nisbatan yuqori tabaqalaştirilgan narxlarni» joriy etişni söradi. Çiptalarning yangi narxlari 2026 yil 1 yanvardan tadbiq etiladi.

Prezidentning hisoblaşiça, Luvr yangilangandan keyin u yerga har yili 12 million kişi taşrif buyura oladi. 2024 yilda muzeyga qariyb 9 million kişi kelgan.

Ötgan hafta Luvr direktori Lorans de Kar muzey binosi avariyaviy holatda ekanligi bois Fransiya Madaniyat vazirligiga murojaat qilgandi. Muzey rahbari madaniyat vaziri Raşida Datiga yöllagan maktubida «Luvr xonalarining ahvoli haqida, ularning ayrimlari juda yomon holatda ekani» töğrisida ma’lumot bergan.