«Ijtimoiy tarmoqda har kuni bitta muammo, lekin senatorlar jim» – Norboyeva
Senat raisi Tanzila Norboyeva hududlarda kuzatilayotgan muammolarga senatorlar va deputatlarning befarqligini tanqid qildi.

«Hududlardagi senatorlar, deputatlar markazdan ishchi guruhning kelishini kutib o‘tirmasdan, muammolarni senat yoki mahalliy kengash muhokamasiga kiritib borishi kerak. Lekin teskarisi bo‘lyapti – biz o‘zimiz borib, muammolarni qidirib topyapmiz. Mahalliy kengash deputatlarining asosiy vazifasi muammolar portfelini qilib, ishchi guruh oldiga qo‘yishi yoki joylardagi senatorlar orqali bizga murojaat qilishlari kerak.
Ijtimoiy tarmoqlarga kirib ko‘ring – har kuni bir muammo. Ichki ishlar xodimi kimnidir kaltaklagan, u o‘lib qolgan. Qaysidir hokim tadbirkorga zug‘um qilgan. Kimlardir majburiy mehnatga jalb qilingan. Qayerdadir firibgarlar odamlarni ommaviy aldagan. Chegara hududidagi aholimizni yillar davomida to‘plangan muammolar qiynab kelgan.
Bunday muammolarni hamma muhokama qiladi, munosabat bildiradi, xulosalarini aytadi, lekin o‘sha yerdagi senatorlarimiz jim. Ulardan aks-sado ham chiqmaydi. O‘sha yerda senator bormi, u nima deydi, borib xabar olsin, degandan keyingina shug‘ullanishni boshlashadi.
Yaxshi ham ijtimoiy tarmoqlar bor ekan, hamma narsani ochiq ko‘rsatib berishyapti. Aslida bu muammolarni mahalliy kengash sessiyalarida yoki senat majlislarida o‘zimiz muhokamaga olib chiqib, hal qilishimiz kerak. Deputatlarning gapirishiga, senatorlarning muhokama qilishiga hech qanday to‘siq yo‘q, hamma vakolatlar berilgan. Lekin bizda eski uslubda ishlash kayfiyati hali ham saqlanib qolyapti.
Barchangizdan senatorlik faoliyatiga jiddiy qarashingizni talab qilamiz», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
Merkelning azaliy raqibi. Shols o‘rniga Germaniya kansleri bo‘ladigan Fridrix Mers haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 21:04 / 05.03.2025
Elektr va gaz limiti sovuq oylarda o‘zgartiriladimi?
O‘zbekiston | 16:03 / 05.03.2025
Shavkat Mirziyoyev FVV rahbari nega ishdan olinganini aytdi
O‘zbekiston | 10:52 / 05.03.2025
Navoiyda 8-sinf o‘quvchisi farzandli bo‘ldi
O‘zbekiston | 14:02 / 04.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Po‘lat Bobojonov ketdi. Yangi vazirdan nimalar kutilmoqda?
O‘zbekiston | 16:10
-
“Ezgu Amal” jamg‘armasi yangilangan nizomini e’lon qildi
Jamiyat | 15:18
-
Rossiya rus harbiy attashesi chiqarib yuborilishiga javob qaytarishini bildirdi
Jahon | 15:16
-
Rossiyadagi YTHda uch nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
O‘zbekiston | 15:12
Mavzuga oid

11:22 / 27.02.2025
O‘zbekistonda har 100 ming aholiga qariyb 200 tadan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘ri keldi

21:20 / 26.02.2025
Andijondagi «Jahon bozori»da yong‘in chiqdi

08:16 / 24.02.2025
2 gektar yerni 300 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

18:27 / 23.02.2025